Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 26-fevralning asosiy xabarlari

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishBoyevaya rabota motostrelkovix podrazdeleniy v zone SVO
Boyevaya rabota motostrelkovix podrazdeleniy v zone SVO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.02.2023
Obuna bo‘lish
Ukrainani denatsifikatsiya va demilitarizatsiya qilish bo‘yicha olib borilayotgan maxsus operatsiya davo etmoqda. O‘tgan sutka davomida UQKning 430ga yaqin askarlari, zirhli texnikasi, vertoloti, o‘q-dori ombori va aloqa markazi yo‘q qilindi.
TOShKENT, 26 fev - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning o‘tgan sutka davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.

Mudofaa vazirligi hisoboti:

Kupansk yo‘nalishida "G‘arbiy" qo‘shinlar guruhi LXRning Novoselovskoe, Xarkov viloyatining Masutovka va Kislovka aholi punktlari hududlarida joylashgan ushman bo‘linmalariga artilleriya zarbalari berildi. Bundan tashqari, Xarkov viloyatining Pershotravneve, Tabayevka, Sinkovka, Yagodnoe va Kraxmalnoe aholi punktlari hududlarida UQKning 6ta diversion-razvedka guruhlari yo‘q qilindi. Sutka davomida ushbu yo‘nalishda jami 60 nafar harbiy xizmatchi, ikkita zirhli jangovar texnika va ikkita avtomashina yo‘q qilindi.
Krasno-Limanskiy yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlari guruhi DXRning Yampolovka aholi punkti, LXRning Stelmaxovka, Nevskoe, Chervonopopovka, Chervonaya Dibrova, shuningdek, Serebranskiy o‘rmon xo‘jaligi hududida dushmanga zarba berib, 130 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchi, uchta zirhli jangovar texnika, ikkita avtomobil, "Akatsiya" o‘ziyurar artilleriya majmuasi va D-20 gaubitsasini yo‘q qildi.
Donetsk yo‘nalishida "Janubiy" kuchlar guruhining bo‘linmalarining faol harakatlari natijasida 100 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchilar, uchta zirhli jangovar mashina, to‘rtta pikap, "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya moslamasi va D-30 gaubitsasi yo‘q qilindi. Shuningdek, DXRning Razliv posolkasi hududida UQKning 68-Yeger brigadasi o‘q-dori ombori yo‘q qilindi. DXRning Chasov Yar aholi punkti hududida AQShda ishlab chiqarilgan AN/TPQ-37 artilleriyaga qarshi radari yo‘q qilindi.
Janubiy-Donetsk va Zaporojye yo‘nalishlarida "Vostok" kuchlar guruhi tezkor-taktik aviatsiyasi va artilleriyasi DXRning Nikolskoe va Ugledar aholi punktlari hududlarida UQK bo‘linmalariga zarba berib, 75 dan ortiq harbiy xizmatchi, bitta tank, bir piyoda jangovar mashinasi, bir zirhli jangovar mashinasi va ikkita yuk mashinasini yo‘q qildi. Shuningdek, Zaporojye viloyati Chervonoe qishlog‘i yaqinida 102-hududiy mudofaa brigadasining o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
Xerson yo‘nalishida bir sutkada 70 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchi, oltita texnika va uchta D-30 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Avitsiya, raketa kuchlari va artilleriyasi bir sutkada 167 ta huddua joylashgan 103 ta artilleriya bo‘linmasini ishchi kuchi va texnikasi bilan birga mag‘lub etdi.
DXRning Avdeyeka aholi punkti yaqinida Ukraina Qurolli kuchlarining 110-moto-o‘qchi otradi brigadasining aloqa markazi yo‘q qilindi. Shuningdek, DXRning Staroraiskoe aholi punkti hududida UQKning qurol-yarog‘ va harbiy texnikasini ta’mirlash va tiklash bazasi yo‘q qilindi.
Havo hujumidan mudofaa kuchlari Xarkov viloyatining Golubovka qishlog‘i hududida Ukrainaning Mi-8 vertolotini urib tushirdi. Bundan tashqari, kun davomida Xerson viloyatining Katerinivka, LXRning Chervonopopovka, Novovodane, Pshenichnoe aholi punktlari hududlarida Ukrainaning yettita uchuvchisiz apparatini yo‘q qildi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukraina jami 390ta samolyot, 211 ta vertolot, 3243 ta uchuvchisiz uchish apparati, 405 ta zenit-raketa kompleksi, 8042 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnika, 1045 ta ko‘p raketa tizimiga ega jangovar texnika, 4222 ta maydon artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 8556 dona maxsus harbiy mashinalardan mahrum bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0