https://oz.sputniknews.uz/20230224/xitoy-ukraina-mojarosini-tartibga-soluvchi-hujjat-ishlab-chiqdi--tafsilotlar-32484512.html
Xitoy Ukraina mojarosini tartibga soluvchi hujjat ishlab chiqdi – tafsilotlar
Xitoy Ukraina mojarosini tartibga soluvchi hujjat ishlab chiqdi – tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Ukrainadagi mojaroni hal qilish bo‘yicha 12 banddan iborat pozitsiyasini e’lon qildi. 24.02.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-02-24T10:26+0500
2023-02-24T10:26+0500
2023-04-05T18:43+0500
dunyoda
xitoy
ukraina
urush
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1338/82/13388206_0:75:3054:1793_1920x0_80_0_0_1ed376dc12d1bbcfaa9de4d4a70f8992.jpg
TOShKENT, 24 fev — Sputnik. Ukraina inqirozini hal qilishda sovuq urush mentalitetidan voz kechish kerak. Bu haqda 12 banddan iborat Xitoyning mojaroni siyosiy tartibga solish bo‘yicha pozitsiyasi haqidagi hujjatda ma’lum qilindi, deya xabar berdi RIA Novosti.Qo‘shimcha qilinishicha, Xitoy jahon iqtisodiyotini siyosiylashtirish va undan qurol sifatida foydalanishga qarshi.Bundan tashqari, Pekin Moskva va Kiyev o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni imkon qadar tezroq tiklashga chaqirdi.Hujjatda ta’kidlanishicha, urush va mojarolarda g‘olib bo‘lmaydi. Shuning uchun barcha tomonlar oqilona yo‘l tutishi va vazminlikni saqlashi kerak.Shuningdek, olovga yog‘ sepmasliklari, qarama-qarshiliklarni kuchaytirmasliklari, Ukraina inqirozining yanada kuchayishiga yoki hatto nazoratdan chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymasliklari, Rossiya va Ukrainaning bir-birlari tomon siljishini qo‘llab-quvvatlashlari va tezda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni tiklashlari kerak.
xitoy
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1338/82/13388206_323:0:3054:2048_1920x0_80_0_0_4b68011b054e95d9e002e67acdba1475.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, xitoy, ukraina, urush, rossiya
dunyoda, xitoy, ukraina, urush, rossiya
Xitoy Ukraina mojarosini tartibga soluvchi hujjat ishlab chiqdi – tafsilotlar
10:26 24.02.2023 (yangilandi: 18:43 05.04.2023) Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Ukrainadagi mojaroni hal qilish bo‘yicha 12 banddan iborat pozitsiyasini e’lon qildi.
TOShKENT, 24 fev — Sputnik. Ukraina inqirozini hal qilishda sovuq urush mentalitetidan voz kechish kerak. Bu haqda 12 banddan iborat Xitoyning mojaroni siyosiy tartibga solish bo‘yicha pozitsiyasi haqidagi hujjatda ma’lum qilindi, deya xabar berdi
RIA Novosti. "Sovuq urush mentalitetidan voz kechish kerak. Bir davlat xavfsizligini boshqa davlatlarning xavfsizligi hisobiga ta’minlab bo‘lmaydi, mintaqaviy xavfsizlik esa harbiy bloklarni mustahkamlash yoki hatto kengaytirish yo‘li bilan ta’minlanmaydi. Barcha mamlakatlarning qonuniy xavfsizlik manfaatlari va tashvishlari jiddiy qabul qilinishi va tegishli e’tiborga olinishi kerak”, deyiladi hujjatda.
Qo‘shimcha qilinishicha, Xitoy jahon iqtisodiyotini siyosiylashtirish va undan qurol sifatida foydalanishga qarshi.
Bundan tashqari, Pekin Moskva va Kiyev o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni imkon qadar tezroq tiklashga chaqirdi.
Hujjatda ta’kidlanishicha, urush va mojarolarda g‘olib bo‘lmaydi. Shuning uchun barcha tomonlar oqilona yo‘l tutishi va vazminlikni saqlashi kerak.
Shuningdek, olovga yog‘ sepmasliklari, qarama-qarshiliklarni kuchaytirmasliklari, Ukraina inqirozining yanada kuchayishiga yoki hatto nazoratdan chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymasliklari, Rossiya va Ukrainaning bir-birlari tomon siljishini qo‘llab-quvvatlashlari va tezda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni tiklashlari kerak.