Tojikiston-Xitoy chegarasida 7,3 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

© Getty ImagesSeysmograf. Zemletrasenie
Seysmograf. Zemletrasenie - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.02.2023
Obuna bo‘lish
Aholi orasida vayronalar va qurbonlar haqida ma’lumotlar yo‘q.
TOShKENT, 23 fev — Sputnik. Tojikistonda Xitoy shimoli-g‘arbidagi Shinjon-Uyg‘ur muxtoriyati bilan chegara yaqinida 7,3 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Xitoyning seysmologik markazi ma’lumotlariga asoslanib, RIA Novosti yozmoqda.
Yer silkinishi Toshkent vaqti bilan 05:37 da qayd etilgan. Seysmologik markaz ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda, episentri esa Xitoy bilan chegaradan 82 kilometr uzoqlikda joylashgan.
Aholi orasida vayronalar va qurbonlar haqida hozircha ma’lumotlar yo‘q.
Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ikki-uch ball kuchiga ega silkinishlar Olmaotada ham sezilgan. O‘z navbatida, O‘zbekiston poytaxti Toshkent va bir qator viloyatlarda 3-4 magnitudali silkinishlar e’lon qilindi.
Yangiliklar lentasi
0