O‘zbekiston hududida zilzila kuzatildi

© AP Photo / DITA ALANGKARASifrovoy seysmograf, arxivnoe foto
Sifrovoy seysmograf, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.02.2023
Obuna bo‘lish
Tojikistonda Toshkent vaqti bilan soat 05:37, 05:55, 06:06, 06:35, 07:07, 07:18 da 4 magnitudadan yuqori zilzilalar kuzatilgan.
TOShKENT, 23 fev — Sputnik. Bugun, 23-fevral kuni Toshkent vaqti bilan 05:37 da (23.02.2023 yil, Grinvich bo‘yicha 00:37da) Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Zilzila koordinatalari: 38,51 gradus shimoliy kenglik; 72,84 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5,8. Chuqurlik 147 km. Zilzila episentri Toshkentdan 435 km janubiy-sharqda.
O‘zbekiston Respublikasi hududida zilzilaning sezilish kuchi:
Farg‘ona 4 ball, 227 km;
Andijon 4 ball, 256 km;
Namangan 4 ball, 294 km;
Sirdaryo 3-4 ball, 413 km;
Toshkent 3-4 ball, 435 km;
Jizzax 3-4 ball, 467 km;
Surxondaryo 3 ball, 509 km;
Samarqand 3 ball, 523 km;
Qashqadaryo 3 ball, 614 km;
Navoiy 3 ball, 666 km;
Buxoro 3 ball, 739 km.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bugun Tojikistonda 6-marta zilzila sodir bo‘lgan. Tojikistonda Toshkent vaqti bilan soat 05:37, 05:55, 06:06, 06:35, 07:07, 07:18 da 4 magnitudadan yuqori zilzilalar kuzatilgan.
Yangiliklar lentasi
0