Mavjud 715 ta davlat xizmatidan 370 tasi raqamli platformaga o‘tkazildi

© SergeyNivensFinansovie simvoli v rukax cheloveka
Finansovie simvoli v rukax cheloveka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.02.2023
Obuna bo‘lish
Yig‘ilishda so‘nggi uch yilda IT sohasiga qaratilgan jiddiy e’tibor natijasida ma’lum o‘zgarishlarga erishilgani ta’kidlandi.
TOShKENT, 22 fev — Sputnik. Raqamlashtirish natijasida 70 dan ortiq turdagi ma’lumot va hujjatlar aholidan talab qilinishi bekor qilindi. Bu haqda prezident raisligida o‘tkazilayotgan raqamlashtirish bo‘yicha 2023-yilgi vazifalar va rejalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida aytildi.
Yig‘ilishda so‘nggi uch yilda IT sohasiga qaratilgan jiddiy e’tibor natijasida ma’lum o‘zgarishlarga erishilgani ta’kidlandi.
Masalan, o‘tgan yilda IT Park rezidentlari 5 trillion so‘mlik xizmatlar ko‘rsatdi (2021 yilda 2,5 trillion so‘m), 140 million dollarlik xizmatlarni eksport qildi (2021 yilda 50 million dollar).
Shu bilan birga, mavjud 715 ta davlat xizmatidan 370 tasi raqamli platformaga o‘tkazilib, bu xizmatlardan o‘tgan yili 12 million aholi foydalandi (2021 yilda 9 million bo‘lgan).
Raqamlashtirish natijasida 70 dan ortiq turdagi ma’lumot va hujjatlar aholidan talab qilinishi bekor qilindi.
Yangiliklar lentasi
0