https://oz.sputniknews.uz/20230222/islom-taraqqiyot-banki-ozbekistondagi-maktablarni-qurish-va-tamirlashga-mablag-ajratadi--32447977.html
Islom taraqqiyot banki O‘zbekistondagi maktablarni qurish va ta’mirlashga mablag‘ ajratadi
Islom taraqqiyot banki O‘zbekistondagi maktablarni qurish va ta’mirlashga mablag‘ ajratadi
Sputnik O‘zbekiston
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova xorijiy tashkilotlar vakillari bilan uchrashdi. 22.02.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-02-22T16:31+0500
2023-02-22T16:31+0500
2023-02-22T17:15+0500
jamiyat
o‘zbekiston
maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
islom taraqqiyot banki
maktab
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/02/16/32448130_0:133:1280:853_1920x0_80_0_0_7fc7ed7b8645534c562ef1f005898b5c.jpg
TOShKENT, 22 fev — Sputnik. Islom taraqqiyot banki O‘zbekistondagi maktablarni qurish va ta’mirlashga mablag‘ ajratishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Islom Taraqqiyot Banki Markaziy Osiyo mintaqaviy vakolatxonasi ta’lim sho‘basi rahbari Muhammad Mirzai Kahagi, Ta’lim uchun global hamkorlik (GPE) tashkilotining hududiy rahbari Lina Benete hamda UNICEF tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mammedzade bilan uchrashdi.Uchrashuvda Islom taraqqiyot banki tomonidan ajratilishi rejalashtirilayotgan mablag‘dan foydalanishdagi asosiy vazifalar hamda rejalar belgilab olindi.Mazkur soha uchun Ta’lim uchun global hamkorlik tashkiloti tomonidan ham qo‘shimcha mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan.Qayd etilishicha, O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan 10104 ta maktab jami 5,2 million o‘quvchi o‘rniga ega. Lekin hozirda ushbu maktablarda 6,3 million o‘quvchi tahsil olmoqda. Hozirda ta’mirtalab maktablar soni 1250 tani tashkil etadi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/02/16/32448130_102:0:1239:853_1920x0_80_0_0_7d74ebc80bfb4c30e019b75459cd4396.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, islom taraqqiyot banki, maktab
jamiyat, o‘zbekiston, maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, islom taraqqiyot banki, maktab
Islom taraqqiyot banki O‘zbekistondagi maktablarni qurish va ta’mirlashga mablag‘ ajratadi
16:31 22.02.2023 (yangilandi: 17:15 22.02.2023) Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova xorijiy tashkilotlar vakillari bilan uchrashdi.
TOShKENT, 22 fev — Sputnik. Islom taraqqiyot banki O‘zbekistondagi maktablarni qurish va ta’mirlashga mablag‘ ajratishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
xabar berdi. Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Islom Taraqqiyot Banki Markaziy Osiyo mintaqaviy vakolatxonasi ta’lim sho‘basi rahbari Muhammad Mirzai Kahagi, Ta’lim uchun global hamkorlik (GPE) tashkilotining hududiy rahbari Lina Benete hamda UNICEF tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mammedzade bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Islom taraqqiyot banki tomonidan ajratilishi rejalashtirilayotgan mablag‘dan foydalanishdagi asosiy vazifalar hamda rejalar belgilab olindi.
"Ajratilgan mablag‘lardan ayrim maktablar ta’mirlanadi hamda yangi maktablar va sportzallar quriladi", deyiladi xabarda.
Mazkur soha uchun Ta’lim uchun global hamkorlik tashkiloti tomonidan ham qo‘shimcha mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan 10104 ta maktab jami 5,2 million o‘quvchi o‘rniga ega. Lekin hozirda ushbu maktablarda 6,3 million o‘quvchi tahsil olmoqda. Hozirda ta’mirtalab maktablar soni 1250 tani tashkil etadi.