Rossiyaliklar vatanparvarlik ruhida maxsus operatsiyani qo‘llab-quvvatlashdi – Putin

© POOL / Mediabankka o‘tishPoslanie prezidenta RF Vladimira Putina Federalnomu sobraniyu.
Poslanie prezidenta RF Vladimira Putina Federalnomu sobraniyu. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.02.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Federal Kengashga mamlakatdagi vaziyat, davlat ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan yillik murojaat bilan chiqdi.
TOShKENT, 22 fev – Sputnik Aksariyat rossiyaliklar vatanparvarlik bilan maxsus harbiy operatsiyani qo‘llab-quvvatlashdi. Bu haqida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Federal Kengashga bo‘lgan murojaatida aytib o‘tdi.
“O‘ylaymanki, hammamiz, bizning ko‘p millatli xalqimiz, ko‘plab fuqarolarimiz maxsus harbiy operatsiyaga nisbatan prinsipial pozitsiyada turdi. Qilayotgan ishlarimizning mohiyatini anglashdi. Donbassni himoya qilish bo‘yicha ishlarimizni qo‘llab-quvvatlashdi. Ushbu qo‘llovda xalqimizga xos bo‘lgan haqiqiy vatanparvarlik namoyon bo‘ldi”, - deydi Putin.
Shuningdek, prezident maxsus operatsiyalarda halok bo‘lgan kishilarning oilasini qo‘llab-quvvatlash zarurligini aytdi.
“Bizning burchimiz - yaqinlarini, qarindoshlarini yo‘qotgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularni bolalarni ulg‘aytirishda, oyoqqa turg‘azishda, ta’lim olishida, kasb egallashida yordam berish. Maxsus harbiy operatsiyada halok bo‘lgan har bir kishining oilasi doimiy e’tiborda bo‘lishi zarur”, - ta’kidlaydi Rossiya prezidenti.
Putin o‘z nutqida shuningdek, Ukraina mojarosi, Rossiyaga qarshi qo‘llanilgan sanksiyalar, Rossiya harbiy sanoati, iqtisodiyot va ijtimoiy sohadagi mavzularda to‘xtalib o‘tdi.
Tadbir Moskvadagi "Gostinniy Dvor" da bo‘lib o‘tmoqda.
Yangiliklar lentasi
0