Rossiya iqtisodini saqlab qoldik, endi uni yangi bosqichga olib chiqish kerak – Putin

© Sputnik / Dmitriy Astaxov / Mediabankka o‘tishPoslanie prezidenta RF Vladimira Putina Federalnomu sobraniyu.
Poslanie prezidenta RF Vladimira Putina Federalnomu sobraniyu. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.02.2023
Obuna bo‘lish
Putin aytishiga ko‘ra, G‘arb tomonidan kiritilgan ko‘p sonli sanksiyalarga qaramasdan, Rossiya o‘z iqtisodini saqlab qolgan, rubl mustahkam, ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi rivojlanmoqda.
TOShKENT, 22 fev – Sputnik Rossiyaning strategik vazifasi hozirgi sharoitlarga ko‘nikish emas, balki milliy iqtisodiyotni yangi darajaga chiqarish, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Federal Kengashga bo‘lgan murojaatida.
“Alohida aytmoqchiman – ishimizning mohiyati hozirgi sharoitlarga ko‘nikish emas. Strategik vazifamiz - iqtisodiyotimizni yangi bosqichga olib chiqish. Hozir hammasi o‘zgarapti, qolaversa, juda tez ravishda. Bu nafaqat tahdidlar, balki imkoniyatlar vaqti”, - deydi Putin.
Putin aytishiga ko‘ra, G‘arb tomonidan kiritilgan ko‘p sonli sanksiyalarga qaramasdan, Rossiya o‘z iqtisodini saqlab qolgan, rubl mustahkam, ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi rivojlanmoqda.
Rossiya rahbarining aytishicha, Rossiyada mehnat bozori ancha qulay bo‘ldi.

“Biz mehnat bozorida kamayish bo‘lishiga yo‘l qo‘ymadik, aksincha, hozirgi sharoitda ishsizlikni kamaytirishga erishdik. Bugun, har tomondan qiyinchiliklar bo‘lgan paytda, mehnat bozori avvalgidan qulayroq bo‘ladi”, - deydi u.

Davlat rahbarining eslatishicha, pandemiyagacha ishsizlik darajasi 4,7%, hozir esa 3,7% ni tashkil etadi – bu tarixiy minimum.
Uning aytishicha, xalqaro hisob-kitoblarda rubl hissasi 2021 yilning dekabr oyiga nisbatan ikki barobar oshgan
“Ta’kidlash lozim, Rossiya rublining xalqaro hisob-kitoblardagi ulushi 2021-yilning dekabriga nisbatan ikki baravar ko‘paydi va uchdan birni tashkil etdi. Do‘st mamlakatlar valyutalari bilan birgalikda bu yarmidan ko‘p degani. Biz G‘arb zahira valyutalaridan mustaqil barqaror, xavfsiz xalqaro hisob-kitob tizimini shakllantirish borasida hamkorlikda ishlashda davom etamiz. Bunday siyosatda G‘arb hukmdorlari o‘z xarakterini yo‘qotishga mahkum. Ular o‘z qo‘llari bilan shunday qilishapti”, - deydi prezident.
“Rossiya fermerlari 150 million tonnadan ortiq g‘alla, jumladan, 100 million tonnadan ortiq bug‘doydan rekord miqdorda hosil oldi. Qishloq xo‘jaligi yili oxirigacha, ya’ni 2023-yilning 30-iyuniga qadar don eksporti hajmini 55-60 million tonnaga yetkazamiz. Bundan 10-15 yil oldin bu shunchaki ertak, mutlaqo real bo‘lmagan reja bo‘lib tuyulardi”, - dedi Putin o‘z murojaatida.
Undan tashqari Rossiya prezidenti Rossiya biznes vakillariga murojaat qilib. ularni vataniga sarmoya kiritishni va pul ishlab uni G‘arbda saqlashga intilmaslikka chaqirdi.
Yangiliklar lentasi
0