Avstriyada 200 nafar migrant ko‘chaga quvib chiqarildi - video

Obuna bo‘lish
Boshpanasiz muhojirlar Belgiyaning boshpana izlovchilarni qabul qilish federal agentligi yonida chodirli lager qurdilar.
TOShKENT, 21 fev - Sputnik. Belgiya hukumati Brusselda 200 ga yaqin Pokiston, Af-oniston va Afrika davlatlaridan kelgan migrantlarni ular noqonuniy egallab turgan binodan ko‘chaga quvib chiqardi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
"Seshanba kuni politsiya Brussel markazidagi binoni bo‘shatish bo‘yicha operatsiya o‘tkazdi. Ayrim muhojirlar maxsus markazlarga joylashtirildi. Biroq Belgiya hukumati amaldagi qoidalar va xalqaro majburiyatlarga ko‘ra, muhojirlarga qochqin maqomini berish haqidagi so‘rov bo‘yicha qaror olinmaguncha, ularni vaqtinchalik turar joy bilan ta’minlashi kerakligiga qaramay, kamida 200 kishi ko‘chada qolgan.
Boshpanasiz muhojirlar Belgiyaning boshpana izlovchilarni qabul qilish federal agentligi yonida chodirli lager qurdilar.
"Men evakuatsiya qilingan o‘sha binoda edim. Hozir biz shu yerda, ko‘prikda yashayapmiz", dedi boshpana berishdan bosh tortgan pokistonlik muhojir muxbirga.
Jabrlangan muhojirlarga ayni damda mahalliy aholi va faollar, jumladan, “Chegara bilmas shifokorlar” yordam guruhidan yordam olmoqda.
Yevropaning ichki ishlar bo‘yicha komissari Ilva Yoxansson 2022-yilda boshpana izlovchilar soni 1 millionga yetganini, yana 300 000 nafari noqonuniy kirib kelganini aytgan edi.
O‘tgan yili millionlab ukrainalik qochqinlar Yevropa Ittifoqiga kirib kelgan edi.Ularga boshqa mamlakatlardan kelgan odamlardan farqli o‘laroq, avtomatik ravishda qochqin maqomi berilgan.
Yangiliklar lentasi
0