Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Misrga jo‘nab ketdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Misrga jo‘nab ketdi.
Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Misrga jo‘nab ketdi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.02.2023
Obuna bo‘lish
Tashrif dasturiga muvofiq, Qohiradagi “Al-Ittihodiya” saroyida oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 20 fev — Sputnik. O‘zbekiston respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Misr Arab respublikasi prezidenti Abdulfattoh as-Sisining taklifiga binoan 20-fevral kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev otbil v Yegipet s ofitsialnim vizitom.
 Shavkat Mirziyoyev otbil v Yegipet s ofitsialnim vizitom. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.02.2023
Tashrif dasturiga muvofiq, Qohiradagi “Al-Ittihodiya” saroyida oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi.
Tomonlar ustuvor sohalardagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalarini muhokama qiladilar. Yakunda qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, Mirziyoyev Misrning yetakchi kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazadi.
Mamlakatning eng qadimgi o‘tmishdan bugungi kungacha bo‘lgan davr tarixiga oid yodgorlik va buyumlarning boy to‘plamiga ega Misr sivilizatsiyasi milliy muzeyi bilan tanishish ham ko‘zda tutilgan.
Yangiliklar lentasi
0