O‘tgan yilda temir yo‘l transportida qancha yo‘lovchi tashilgan?

© Unsplash / Abdul RaazSkorostnoy poyezd "Afrosiab"
Skorostnoy poyezd Afrosiab - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.02.2023
Obuna bo‘lish
Yo‘lovchi tashish hajmi 2021-yil bilan solishtirilganda 13,1 % ga oshgan.
TOShKENT, 20 fev — Sputnik. 2022 yilda O‘zbekiston respublikasi bo‘yicha umumiy foydalanishdagi magistral temir yo‘l transporti orqali qariyb 9 mln. yo‘lovchi tashilgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lumot berdi.
Yo‘lovchi tashish hajmi 2021-yil bilan solishtirilganda 13,1 % ga oshgan.
Qayd etilishicha, 2022-yilda bir kunda o‘rtacha 24,6 ming nafar yo‘lovchi temir yo‘l transportidan foydalangan.
Shuningdek, 2022-yilda O‘zbekiston respublikasi bo‘yicha umumiy foydalanishdagi magistral temir yo‘l transporti orqali jami 73,6 mln. tonna asosiy turdagi yuklar tashilgan.
Yangiliklar lentasi
0