Bu qarama-qarshilik davom etishini anglatadi - ekspert Baydenning Kiyevga tashrifi haqida

© AFP 2023 / DIMITAR DILKOFFVizit Djo Baydena v Kiyev 20-fevralya 2023 goda.
Vizit Djo Baydena v Kiyev 20-fevralya 2023 goda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.02.2023
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 20 fev - Sputnik. AQSh prezidenti Jo Baydenning Kiyevga tashrifi G‘arb Ukrainadagi mojaroning bevosita ishtirokchisi ekanligini isbotlaydi va bu Ukrainaga yangi qurollar yetkazib berilishiga olib keladi, dedi RIA Novosti siyosiy fanlar doktori, Rossiya Fanlar akademiyasi professori Aleksandr Gusev.
“Albatta, bu muhim voqea, yirik davlat rahbari bugun, hatto xalqaro huquq subyekti bo‘lmagan mamlakatga uchib keldi. Bu qarama-qarshilik davom etishini anglatadi, kollektiv G‘arb Qo‘shma Shtatlar boshchiligida og‘ir qurollar, jumladan, tanklar va, ehtimol, samolyotlar yetkazib beradi", - deydi Gusev.
Shu bilar bir vaqtda AQSh va kollektiv G‘arb Ukraina mojarosining bir tarafi ekanini anglatadi, deydi ekspert.
"Biz Ukraina yoki ukrain xalqi bilan urush qilmayapmiz. Bugun Kiyev hukumati timsolida G‘arbning kollektiv quroli mujassamlashgan. Aks holda, Bayden o‘z vaqtini parvozlar va Zelenskiy bilan muzokaralar o‘tkazishga sarflamagan bo‘lardi. Bu aniq belgi bo‘lib u Rossiya Federatsiyasi va AQSh o‘rtasidagi munosabatlar keskinligini anglatadi. Aniq aytganda kollektiv G‘arb mojaro tarafiga aylandi va biz bunga javob berishimiz kerak", - dedi Gusev.
Ma’lum bo‘lishicha, Bayden Kiyevga poyezdda yetib kelgan. Bu maxsus operatsiya boshlangagnidan buyon AQSh prezidentining Ukrainaga birinchi tashrifidir. Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, AQSh prezidenti bugun tongda Kiyevga poyezdda yetib kelgan. Kiyevdan so‘ng Bayden Polshaga yo‘l oladi va u yerda Anjey Duda bilan uchrashadi, NATO bo‘yicha ittifoqchilar oldida nutq so‘zlaydi.
Yangiliklar lentasi
0