Turkiyadagi zilziladan keyin yerda ulkan yoriq paydo bo‘ldi – video

© AP PhotoRazrusheniya v sentre goroda Kaxramanmarash, yujnaya Tursiya, chetverg, 9-fevralya 2023 goda.
Razrusheniya v sentre goroda Kaxramanmarash, yujnaya Tursiya, chetverg, 9-fevralya 2023 goda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.02.2023
Obuna bo‘lish
Hosil bo‘lgan ulkan yoriqning chuqurligi 30 metrga, kengligi esa 200 metrga yaqin.
TOShKENT, 19 fev — Sputnik. Turkiyaning IHA axborot agentligi mamlakat janubidagi Hatay viloyatida paydo bo‘lgan tektonik yoriqlar tasvirini e’lon qildi.
Ma’lumki, kuchli zilzila episentri Hatay viloyatida bo‘lib, hodisa qurbonlar soni bo‘yicha Turkiya tarixidagi eng halokatli tabiiy ofat bo‘ldi.
Ochiq manbalardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, hosil bo‘lgan ulkan yoriqning chuqurligi 30 metrga, kengligi esa 200 metrga yaqin.
Turkiyadagi zilzila oqibatida 35 mingdan ortiq odam halok bo‘ldi, nafaqat uylar, balki cherkovlar, masjidlar, tarixiy va madaniy ahamiyatga ega binolar vayron bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0