Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Misrga boradi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.02.2023
Obuna bo‘lish
Sammit yakunida Qo‘shma bayonot qabul qilinishi va qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.
TOShKENT, 19 fev — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Misr Arab respublikasi prezidenti Abdulfattoh As-Sisining taklifiga binoan 20-21 fevral kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Oliy darajadagi muzokaralar kun tartibidan O‘zbekiston-Misr munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarining keng doirasi o‘rin olgan.
Ta’kidlanishicha, siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va ta’lim sohalarida hamkorlikni rivojlantirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratiladi. Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashiladi.
Sammit yakunida Qo‘shma bayonot qabul qilinishi va qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.
Tashrif doirasida O‘zbekiston rahbari Misrning yetakchi kompaniyalari rahbarlari va ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazadi.
Yangiliklar lentasi
0