Gilam eksporti hajmi oshdi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaProizvodstvo shelkovix kovrov
Proizvodstvo shelkovix kovrov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.02.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston 2022-yilda qiymati qariyb 44 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan gilam eksport qilgan.
TOShKENT, 19 fev — Sputnik. O‘zbekiston 2022-yilda xorijiy davlatlarga qiymati qariyb 44 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan gilam eksport qilgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.
Gilam eksporti hajmi 2021-yil bilan solishtirilganda 1,9 mln. AQSh dollariga oshgan.
2022 yilda O‘zbekiston eng ko‘p gilam eksport qilgan asosiy davlatlar (AQSh dollarida):
Qirg‘iz R. – 25,3 mln;
Ozarbayjon – 5,5 mln;
Rossiya – 4 mln;
Afg‘oniston – 3,6 mln;
Tojikiston – 2,7 mln;
Qozog‘iston – 1,6 mln;
AQSh – 512 ming.
Yangiliklar lentasi
0