https://oz.sputniknews.uz/20230219/aqsh-mamuriyati-baydenning-sogligi-haqidagi-haqiqatni-yashirayotgani-aytildi-32375984.html
AQSh ma’muriyati Baydenning sog‘lig‘i haqidagi haqiqatni yashirayotgani aytildi
AQSh ma’muriyati Baydenning sog‘lig‘i haqidagi haqiqatni yashirayotgani aytildi
Sputnik O‘zbekiston
Aksariyat amerikaliklar Baydenning ruhiy salomatligi butunlay yomonlashganini ko‘rishmoqda, dedi kongressmen. 19.02.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-02-19T18:10+0500
2023-02-19T18:10+0500
2023-02-19T18:11+0500
dunyoda
aqsh
jo bayden
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/0c/31413171_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_8973d22440876ff9879b66a40fbd5d2f.jpg
TOShKENT, 19 fev — Sputnik. Amerika ma’muriyati AQSh prezidenti Jo Baydenning sog‘lig‘i haqidagi haqiqatni yashiradi, bu “tashvish uyg‘otadi”. Bu haqda Oq uyning sobiq shifokori, respublikachi kongressmen Ronni Jekson ma’lum qildi.Payshanba kuni Amerika rahbari yillik tibbiy ko‘rikdan o‘tdi, natijada Oq uy Bayden prezident vazifalarini samarali bajarishga qodirligi haqidagi xulosaning besh sahifali matnini tarqatdi. Unga ko‘ra, Bayden sog‘lom va sklerozdan ham, Parkinson kasalligidan ham aziyat chekmaydi.Jekson so‘rov natijalarini sharhlar ekan, prezidentning sog‘lig‘i haqidagi ma’lumotlarni “yashirish”ga chek qo‘yishni talab qildi.Oq uyning sobiq shifokoriga ko‘ra, e’lon qilingan hisobot “bu ma’muriyat haqiqatni yashirishda qat’iyligini yana bir bor tasdiqlaydi”.Bayden o‘tgan yilning noyabrida 80 yoshga to‘lgan. Ba’zan u ism-sharif yoki lavozimlarni chalkashtirib yuboradi, u sahnadan chiqish yo‘lini izlab boshqalarning yordamiga murojaat qilgan holatlar bo‘lgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/0c/31413171_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_b863aa5cd8d484c8670474a5c32d0783.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, aqsh, jo bayden
AQSh ma’muriyati Baydenning sog‘lig‘i haqidagi haqiqatni yashirayotgani aytildi
18:10 19.02.2023 (yangilandi: 18:11 19.02.2023) Aksariyat amerikaliklar Baydenning ruhiy salomatligi butunlay yomonlashganini ko‘rishmoqda, dedi kongressmen.
TOShKENT, 19 fev — Sputnik. Amerika ma’muriyati AQSh prezidenti Jo Baydenning sog‘lig‘i haqidagi haqiqatni yashiradi, bu “tashvish uyg‘otadi”. Bu haqda Oq uyning sobiq shifokori, respublikachi kongressmen Ronni Jekson
ma’lum qildi. Payshanba kuni Amerika rahbari yillik tibbiy ko‘rikdan o‘tdi, natijada Oq uy Bayden prezident vazifalarini samarali bajarishga qodirligi haqidagi xulosaning besh sahifali matnini tarqatdi. Unga ko‘ra, Bayden sog‘lom va sklerozdan ham, Parkinson kasalligidan ham aziyat chekmaydi.
Jekson so‘rov natijalarini sharhlar ekan, prezidentning sog‘lig‘i haqidagi ma’lumotlarni “yashirish”ga chek qo‘yishni talab qildi.
“Aksariyat amerikaliklar Baydenning ruhiy salomatligi butunlay yomonlashganini ko‘rishmoqda”, - dedi kongressmen.
Oq uyning sobiq shifokoriga ko‘ra, e’lon qilingan hisobot “bu ma’muriyat haqiqatni yashirishda qat’iyligini yana bir bor tasdiqlaydi”.
“Men Oq uyga Baydenning kognitiv testdan o‘tishini va natijalarni jamoatchilikka e’lon qilishni talab qilib, uchta xat yuborganimni, ammo ularning barchasi e’tiborsiz qoldirilganini hisobga olsak, bu tashvishli. Nimadir noto‘g‘ri ekanligini hamma ko‘rib turibdi – ma’lumotni yashirishni to‘xtatish kerak”, — deya xulosa qildi Jekson.
Bayden o‘tgan yilning noyabrida 80 yoshga to‘lgan. Ba’zan u ism-sharif yoki lavozimlarni chalkashtirib yuboradi, u sahnadan chiqish yo‘lini izlab boshqalarning yordamiga murojaat qilgan holatlar bo‘lgan.