Toshkentga 18 metrli avtobuslar olib kelinadi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVozobnovlenie dvijeniya obshestvennogo transporta v Tashkente
Vozobnovlenie dvijeniya obshestvennogo transporta v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.02.2023
Obuna bo‘lish
Perzident qaroi bilan yo‘lkira haqini kunlik yig‘ish reja-topshirig‘ini belgilash amaliyoti bekor qilinadi.
TOShKENT, 18 fev — Sputnik. Toshkent shahri jamoat transporti uchun 200 ta 18 metrli avtobus olib kelinadi. Bu haqda prezident tomonidan imzolangan PQ–59-sonli qarorda nazarda tutilgan.
Hujjatga ko‘ra, shahar avtobus yo‘nalishlarida cheklangan tariflar bo‘yicha yo‘lovchilar tashishni brutto-shartnoma asosida tashkil etish va moliyalashtirish tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi.
Tashuvchilar bilan hisob-kitoblar “bosib o‘tilgan yo‘l” va “sifat” mezonlari asosida amalga oshiriladi.
Shuningdek, yo‘lkira haqini kunlik yig‘ish reja-topshirig‘ini belgilash amaliyoti bekor qilinadi.
Qolaversa, tashuvchilar tomonidan yo‘nalish ko‘rsatkichlari bajarilishini monitoring qilish, bajarilgan ish hajmi va sifatini aniqlash hamda baholash, yo‘lkira haqi to‘lanishini va ko‘rsatilgan xizmatlar sifatini nazorat qilish uchun avtomatlashtirilgan dispetcherlik boshqaruvi va nazorat tizimi tashkil etiladi.
Avtobus yo‘nalishlarining yangi tarmog‘i joriy etilishi, avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi va avtomatlashtirilgan dispetcherlik xizmati bosqichma-bosqich ishga tushiriladi.
Ishga tushirish muddatlari:
2023 yil 1-martgacha – Toshkent shahrida;
2023 yil 1-avgustgacha – Andijon, Samarqand, Namangan, Qarshi va Urganch shaharlarida;
2024 yil 1-iyungacha – Nukus shahri va boshqa viloyatlar markazlarida yo‘lga qo‘yiladi.
Yo‘lovchilar tashishni brutto-shartnoma asosida tashkil etish va moliyalashtirish tizimi bosqichma-bosqich:
2023 yil 15-apreldan – Toshkent shahrida;
2024 yil 1-yanvardan – Andijon, Samarqand, Namangan, Qarshi va Urganch shaharlarida;
2024 yil 1-iyundan – Nukus shahri va boshqa viloyatlar markazlarida.
Qayd etilishicha, Toshkent shahri jamoat transporti uchun 200 ta 18 metrli va 500 ta 12 metrli tabiiy gazda ishlaydigan avtobuslar hamda 300 ta 12 metrli elektrobuslar xarid qilish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
Nukus shahri va viloyat markazlari jamoat transporti uchun ham jami 1000 ta tabiiy gazda ishlaydigan avtobuslar xarid qilinadi.
Yangiliklar lentasi
0