Toshkent yerusti metrosi vaqtincha yopildi: yana qaysi transportdan foydalanish mumkin?

© Metropoliten Do‘stlik- 2 bekati
Do‘stlik- 2 bekati - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.02.2023
Obuna bo‘lish
"Qo‘yliq dehqon bozori - Do‘stlik metrosi" vaqtinchalik avtobus yo‘nalishi tashkil etildi.
TOShKENT, 18 fev — Sputnik. Bugundan Toshkent metrosining “Yer usti halqa yo‘li” yo‘nalishi vaqtincha yopildi. Yo‘lovchilar uchun alohida avtobus yo‘nalishi tashkil etildi, deya xabar berdi “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati.
Toshkent metropolitenining yer usti yo‘nalishining 2-bosqichini qurish ishlari doirasida 18-fevral kuni “Do‘stlik-2 - 7-bekat(Qo‘yliq bozori)” oralig‘ida metro vagonlari harakati to‘xtatildi.
Shu munosabat bilan, "Qo‘yliq dehqon bozori - Do‘stlik metrosi" vaqtinchalik avtobus yo‘nalishi tashkil etildi.
Avtobus “Qo‘yliq dehqon bozori” so‘nggi bekatidan THAY, Ohangaron shox ko‘chasi, Qorasuv, Aviasozlar, Elbek ko‘chalari orqali Do‘stlik metrosi so‘nggi bekatigacha harakatlanadi.
Mazkur avtobuslar soat 5:00 dan 23:00 ga qadar o‘z faoliyatini olib boradi.
Yangiliklar lentasi
0