O‘zbekistonning eksport-import yuklarini Ozarbayjon orqali tashish bo‘yicha muzokara o‘tkazildi

© Transport vazirligi O‘zbekiston va Ozarbayjon transport logistika sohasidagi hamkorlik qiladi
O‘zbekiston va Ozarbayjon transport logistika sohasidagi hamkorlik qiladi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.02.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Ozarbayjon transport logistika sohasidagi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab oldi.
TOShKENT, 17 fev — Sputnik. O‘zbekiston va Ozarbayjon transport logistika sohasidagi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab oldi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Ozarbayjonda mamlakatning Raqamli rivojlanish va transport vaziri o‘rinbasari Raxman Gummatov hamda O‘zbekiston transport vaziri o‘rinbosari Abdusamat Mo‘minov hamraisligida transport va tranzit yuk tashuvlari masalalari bo‘yicha Qo‘shma ishchi guruhining birinchi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Muhokama etilgan masalalar:
Transkaspiy xalqaro transport koridori hamda 6 davlat (Ozarbayjon, Gruziya, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Turkiya, O‘zbekiston) temir yo‘l tuzilmalari ishtirokida tashkil etilgan CASCA+ multimodal transport yo‘lagi orqali yuk tashuvlari hajmini oshirish;
Infratuzilmani rivojlantirish, tashuv jarayonlarida qulay sharoitni yaratish.
Shuningdek, tashrif davomida Ozarbayjonning yer usti transporti qo‘mitasi, “Ozarbayjon temir yo‘li” YoAJ, “Baku xalqaro dengiz savdo porti” YoAJ, “Ozarbayjon Kaspiy dengiz kemachiligi” kompaniyasi hamda Baku kemasozlik zavodi rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Quyidagi masalalar bo‘yicha muzokaralar olib borildi:
O‘zbekistonning eksport va import yuklarini Ozarbayjon hududi orqali Yevropa va Amerika qit’asi davlatlariga tashuvlarini uzluksiz tashkil etish;
Yuk tashuvlar xarajatini va muddatini qisqartirish;
Tarif imtiyozlarni kengaytirish;
Port infratuzilmasidan samarali foydalanish hamda logistika zanjirini yaratish.
Tomonlar uchrashuvlarda muhokama qilingan yo‘nalishlarda amalga oshiriladigan vazifalarni belgilab olishdi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrida 23-24 fevral kunlari O‘zbekiston-Ozarbayjon hududlararo birinchi forumi bo‘lib o‘tadi. Unda hamkorlikda avtomobillar ishlab chiqarish masalasi ham muhokama qilinishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0