Kimlarga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berildi – talabalar ro‘yxati

© Sputnik / Ilya Averyanov / Mediabankka o‘tishTalabalar
Talabalar - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.02.2023
Obuna bo‘lish
Endi bahorgi semestrdan 1700 dan ortiq talabalar boshqa OTMlarga o‘qishni ko‘chirishlari mumkin bo‘ladi.
TOShKENT, 17 fev — Sputnik. Respublikaning 50 dan ortiq OTM talabalariga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berildi. Endi bahorgi semestrdan 1700 dan ortiq talabalar boshqa OTMlarga o‘qishni ko‘chirishlari mumkin bo‘ladi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qilishicha, ro‘yxatga kiritilgan talabalar o‘zlari tavsiya etilgan oliy ta’lim muassasasining o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha mas’ullariga uchrashishlari kerak.
Bu yildan o‘qishni ko‘chirishga faqat 2 toifadagi talabalarga ruxsat berilgan. Unga ko‘ra, talabalar turmush qursa yoki davlat xizmatchisining ishi boshqa joyga o‘tsagina o‘qishini ko‘chirishi mumkin bo‘ladi.
O‘qishni ko‘chirishda vazir xati talab etiladi. Boshqa toifalardagi talabalarga hech qaysi holatda o‘qishini ko‘chirishga ruxsat berilmaydi.
Ro‘yxat bilan mazkur havola orqali tanishing.
Yangiliklar lentasi
0