Nega Ukraina NATO tanklaridan ular yetib kelmasdan ayrilmoqda?

© Foto : eur.army.milAmerika tanklari M1A2 Abrams Yevropada.
Amerika tanklari M1A2 Abrams Yevropada. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.02.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya Qurolli Kuchlari Kiyev rejimi harbiylashtirilgan bo‘linmalarini samarali yo‘q qilishda davom etmoqda va bir vaqtning o‘zida AQSh va NATO harbiy qudrati haqidagi safsatalarni chippakka chiqarmoqda.
TOShKENT, 17 fev - Sputnik Amerika tashabbuslarning Ukrainada kamayishi, Kiyevga va’da qilingan alyans tanklarining sifati va sonining muntazam kamayib borayotgani – Amerika va Yevropaning ko‘p qutbli olamning achchiq haqiqatlarini anglab yetayotganini tasdiqlaydi.
Germaniya Federativ Respublikasi Mudofaa vaziri Boris Pistorius 15-fevral kuni G‘arbning Kiyevni ta’minlashi halokatga uchrashini tan oldi va NATOning Ukrainadagi zirhli texnikalar armadosining aprel oyidagi istiqbollari haqida so‘zlab berdi: “Biz batalon hajmiga yeta olmaymiz”.
UQK NATO (barcha modifikatsiyalar) Leopard tanklari “donor” mamlakatlar va’da berganidan ancha kamroq oladi. Faqatgina ikki mamlakat – Germaniya va Portugaliya - jangovar layoqatli A6 Leopard-2 (atigi 17 tank) tanklarini yuborishga tayyor. Polsha uzoq vaqtlar davomida ishlatilgan va eskirgan 30 ta A4 Leopard-2 tanklarini yig‘ib qo‘ygan. AQSh bosimi ostida “tank koalitsiyasi”ga kiritilgan Daniya va Niderlandiya baribir o‘z Leopard-2 tanklarini Kiyevga berishdan bosh tortdi.
Avvalroq, (7 fevral kuni) Germaniya hukumati Kiyevga 178 ta eski A5 Leopard-1 tanklarini yetkazib berishni tasdiqladi. Ularning 200 tasini yozda, qolganlarini - 2024-yil boshida yetkazib berishni rejalashtirishgan edi. Leopard-1ning sharqqa qarab harakatlanishini ma’lum emas, chunki ushbu 1960-yillar “antikvariat”ini avvalo “jonlantirish”, keyin esa tanqis bo‘lgan 105-mm lik snaradlar bilan ta’minlash kerak.
NATOning Yevropa mamlakatlari bahorda hujum qilish uchun Ukrainaga ko‘p narsalarni va’da qilmoqda, va nisbatan juda kam berishmoqda. Qandaydir “ qo‘shimcha imkoniyatlar” shunchaki quruq gap bo‘lib qolmoqda. Alyans shtab-kvartirasidagi kechagi uchrashuvda Britaniya, Niderlandiya, Norvegiya, Shvetsiya, Daniya vakillari Ukraina uchun xalqaro fondning 240 mln dollarlik birinchi paket yordami (tanklar uchun zaxira qismlari, uchuvchisiz uchish apparatlari, havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari va radioelektron qurash uchun vositalar) – G‘arbning harbiy mahsulotlari narx yorliqlaridan tashqari deyarli hech nima haqida kelishib oldi. Polsha Ukrainaga tuganmas oqimda va zudlik bilan qurollar yetkazib berish maqsadida “NATOning sharqiy flangi”da omborlar yaratish haqida taklif berdi.

Shu yerda bir savol: kim, nima bilan va qanday muddatda bu omborlarni to‘ldiradi? 350 sutka davom etgan harbiy harakatlar davomida UQK qariyb ikki million NATO 155-mm artilleriya snaradlaridan foydalangan. Bularni ishlab chiqarish uchun AQSh va alyansga bir necha yil va 10 mlrd dollar kerak bo‘ladi,. Amerika bugungi kunda “keng ko‘lamli snarad, raketalar, patronlar yetishmovchiligi kuzatilmoqda” va harbiy sanoat komplekslri o‘q-dorilarni ishlab chiqarishni zudlik bilan ko‘paytirish uchun salohiyatga ega emas.

NATOning Kiyevga keyingi yordam ko‘rsatishi faqatgina Oq uy istaklariga bog‘liq emas. Fransiyaning Les Echos nashri yozishicha, “Rossiya oldidagi qo‘rquv tufayli” Shimoliy Atlantika alyansi o‘z ustuvor maqsadlarii o‘zgartirmoqda – avval o‘z armiyasi uchun ko‘proq qurollar ishlab chiqarish uchun harakat qilishmoqda, Ukrainaga ta’minotlarni sabotaj qilmoqda. Va hatto AQSh Kongressida ham qonunchilar Kiyev rejimiga harbiy yordamni cheklashni taklif qilishmoqda.

Bahorgi hujum

Rossiya qo‘shinlari maxsus harbiy operatsiya zonasida UQK va NATOning harbiy obyektlari va logistikasini yo‘q qilmoqda – 16-fevral kuni Ukrainaning Poltava, Cherkass, Lvov va boshqa viloyatlarda uzoq masofali qurollarning yuqori aniqlikdagi zarbalari qayd etildi. Kiyevda havo va dengizda bazalashadigan 32 ta qanotli raketalar, jumladan, Ukraina (NATO) havo hujumiga qarshi tizimlari qarshi kurashga qodir bo‘lmagan 12 ta ultratovushli X-22 raketalar parvozi qayd etilgan. Shunga qaramay, G‘arbda Rossiya harbiy-havo kuchlarining mutlaq hukmronligi va yuksak jangovar salohiyatini tan olsa, NATO strateglari Ukraina qo‘shinlarining havo himoyasisiz bahor hujumi uchun chegaralarda joylashishini qanday tasavvur qiladi? UQK 11 oy davomida yuz minglab askarlarni yo‘qotdi.
Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari maxsus operatsiya davomida UQKning (jumladan G‘arb yetkazib bergan) 7890 ta zirhli texnika, 4100 artilleriya qurollari, 3150 uchuvchisiz uchish apparatlari , 590 samolet va vertolotlarni yo‘q qilgan. Moskva Ukrainaga yetkazib berilgan har qanday Abrams va Leopardlar “xuddi boshqalar kabi yonib kul bo‘lishiga” ishonchi komil. Rossiya mudofaa sanoat kompleksi Ukrainadagi harbiy harakatlar teatridagi texnologik kurashda allaqachon g‘alaba qozondi. RF Qurolli Kuchlari yetakchilik qilmoqda, o‘t ochish va taktika jihatidan ustunlikka ega. Faqatgina yangi (hatto Pentagon tan olgan) Rossiyaning ko‘p qutbli dunyoda maqomini – maxsus harbiy operatsiyaning ustuvor maqsadlariga erishilganini qayd etish qoldi.
Vaqt-muhim resurs. Xitoy tahlilchilari tomonidan taklif qilingan UQK ni g‘arb ta’minotidan yakkalab qo‘yish yo‘li bilan maxsus operatsiyani tezlashtirish taklifi- juda oddiy, axir Kiyev rejimi “100% AQSh va NATO yordamiga qaram”. Ehtimol, Rossiya Qurolli Kuchlari bosh shtabi NATO ga qarshi proksi-urushda G‘arb arsenallarini to‘liq bo‘shatishni rejalashtirmoqda. Klassik nazariyada harbiy operatsiyaning asosiy maqsadi – hududni nazoratga olish emas, balki dushman armiyasi, jangovar (razvedka) salohiyatining yo‘q qilinishidir. Qanday bo‘lmasin- bahor yangiliklar vaqti.
Rossiyaning BMT dagi vakili o‘rinbosari Dmitriy Polyanskiy Amerikaning Newsweek jurnaliga bergan intveryusida shunday dedi: “Agar sizning maqsadingiz - yadroviy derjavani mag‘lub etish bo‘lsa, biz ham javobda hech nimani istisno etmasligimizni yodda tutishingiz kerak”. Ya’ni Polyanskiy Rossiyaning AQShga harbiy javobi ehtimolidan ogohlantirdi.

AQSh mudofaa vazirligi razvedka boshqarmasi sobiq xodimi Rebekka Kofflerning aytishicha, Ukraina Amerika prezidenti Jo Bayden uchun ikkinchi Afg‘onistonga aylanib bormoqda. Oq uy Ukraina mojarosida strategiyaga ham, aniq erishib bo‘ladigan maqsadlarga ham, chiqish rejalariga ham ega emas. Harbiy harakatlar esa navbatdagi “tuganmas mojaro”ga aylanib bormoqda. Bu hayratlanarli emas.

Pentagon rahbari Lloyd Ostin 15-fevral kuni Brusselda shunday balandparvoz bayonot berdi: “Tarix NATO alyansi qat’iyati va kuchini doim yodda tutadi”. Bu tarixda esa aslida - 70-yillik mag‘lubiyat bor, hech qanday g‘alaba yo‘q.
Yangiliklar lentasi
0