Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Bir yoshgacha bo‘lgan bolalarga qanday oziq-ovqatlarni berib bo‘lmaydi?

© Sputnik / Kirill Braga / Mediabankka o‘tishVolgograd shahar kasalxonasining "qizil zonasida" tug‘ilgan chakalok
Volgograd shahar kasalxonasining qizil zonasida tug‘ilgan chakalok - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.02.2023
Obuna bo‘lish
Olti oygacha bo‘lgan go‘daklarga qanday oziq-ovqatlar berilmasligi haqida materialimizda o‘qing.
TOShKENT, 17 fev — Sputnik. Olti oygacha bo‘lgan go‘daklar uchun eng yaxshi va maqbul taom — bu ona suti. Qo‘shimcha ovqatlarni esa ayni shu davrdan boshlab bolajonlar ratsioniga kiritish maqsadga muvofiq.
Qo‘shimcha ovqatlar yog‘siz va yaxshilab ezilgan meva, go‘sht, sabzavot purelari, pishloq va yogurtlar bo‘lishi mumkin.
Bu davrda quyidagi oziq-ovqatlar kichkintoylarga berilmasligi kerak:
asal va asal qo‘shilgan mahsulotlar, shu jumladan, pishiriqlar (tarkibida botulizmni keltirib chiqaruvchi sporalar bo‘lishi mumkin);
sigir suti (ichakda qon ketish ehtimolini yuzaga keltiradi, qolaversa, qiyin hazm bo‘ladi);
ovqatdan zaharlanish xavfi bo‘lgan ovqatlar (xom yoki chala pishirilgan go‘sht);
pishirish yoki qaynatish jarayonida sarig‘i qotmagan tuxum;
pasterizatsiyalanmagan sut mahsulotlari;
o‘rmon qo‘ziqorinlari.
Shuningdek, konfetlar, saqich, qattiq pechenye va qotirilgan non bo‘laklari hamda tarkibida kofein moddasi mavjud ichimliklar, shu jumladan choy ham mumkin emas. Ularni ikki yoshgacha bermaslik zarur.
Yangiliklar lentasi
0