Bayden va uning sheriklari iste’foga chiqishlari kerak - AQSh siyosatchisi

© AP Photo / Patrick Semansky2022 yil 31-mart Prezident Jo Bayden Vashingtonda.
2022 yil 31-mart Prezident Jo Bayden Vashingtonda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.02.2023
Obuna bo‘lish
AQSh siyosatchisi Yang Bayden va uning sheriklarini asosiy urush jinoyatchilari deb atadi.
TOShKENT, 17 fev — Sputnik. AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostin, prezident Jo Bayden, uning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan, Davlat kotibi Entoni Blinken va kotib o‘rinbosari Viktoriya Nuland urush jinoyatlari uchun iste’foga chiqishlari kerak. Bu haqda amerikalik demokrat siyosatchi va Kentukki gubernatorligiga nomzod Jeffri Yang ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.
“Lloyd Ostin hozir dunyodagi eng yomon, eng kuchli urush jinoyatchilaridan biri.Uni iste’foga chiqarish va rasman ayblash hamda Bayden, Sallivan, Blinken va Nuland bilan birga lavozimidan chetlashtirish kerak”, deb yozdi siyosatchi o‘zining Twitter - sahifasida.
Uning fikricha, istisnosiz, 1945-yildan beri barcha Amerika prezidentlari harbiy jinoyatchilarga aylandi. Bundan tashqari, Yang Oq uyni Kiyevni qo‘llab-quvvatlayotgani va uni qurol-yarog‘ bilan ta’minlayotgani uchun keskin tanqid qildi.
Yangiliklar lentasi
0