Yanvarda chet eldan qancha turist kelgani ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishTuristi na odnoy iz ulis Buxari.
Turisti na odnoy iz ulis Buxari. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.02.2023
Obuna bo‘lish
Yanvarda 5 ming nafar xorijliklar davolanish maqsadida O‘zbekistonga kelgan.
TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Joriy yilning yanvar oyida 423,7 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 254,1 ming nafarga yoki 2,5 baravarga oshgan.
2023 yilning yanvar oyida O‘zbekiston respublikasiga kelgan chet el fuqarolarining safar maqsadlari quyidagicha:
qarindoshlarni yo‘qlash – 379,6 ming kishi;
dam olish – 26,9 ming kishi;
xizmat yuzasidan – 8,2 ming kishi;
davolanish – 5,0 ming kishi;
tijorat – 2,8 ming kishi;
o‘qish maqsadida – 1,2 ming kishi.
Ma’lumot uchun, 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida 5,2 million nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Yangiliklar lentasi
0