https://oz.sputniknews.uz/20230216/qozogistonda-ozodlikdan-mahrum-etilgan-ozbekistonliklar-jazoni-oz-vatanida-otashi-mumkin-32297006.html
Qozog‘istonda qamoqqa mahkum qilingan O‘zbekiston fuqarolari jazoni o‘z vatanida o‘tashi mumkin
Qozog‘istonda qamoqqa mahkum qilingan O‘zbekiston fuqarolari jazoni o‘z vatanida o‘tashi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘iston prezidenti O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi mahkumlarni topshirish bo‘yicha bitimni tasdiqladi.
2023-02-16T11:56+0500
2023-02-16T11:56+0500
2023-02-16T14:18+0500
dunyoda
qozog‘iston
jazoni ijro etish muassasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/09/08/14928205_0:125:3199:1924_1920x0_80_0_0_0e2949381941fa49c2a048b974b3d9aa.jpg
TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Qozog‘iston prezidenti O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi mahkumlarni topshirish bo‘yicha bitimni tasdiqladi. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston xabar berdi.Qayd etilishicha, Qasim-Jomart Toqayev “O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni jazoni o‘tashni davom ettirish uchun topshirish to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish haqida”gi qonunni imzoladi.Mazkur hujjat, agar mahkumning o‘zi istak bildirsa, ozodlikdan mahrum qilishning keyingi muddatini vatanida o‘tash imkonini beradi.Qayd etilishicha, bugungi kunda Qozog‘istonda 486 nafar O‘zbekiston fuqarosi jazo muddatini o‘tamoqda. O‘zbekiston qamoqxonalarida 20 nafar qozog‘istonlik bor.Avvalroq Qozog‘iston Bosh prokurori o‘rinbosari Aset Chindaliyev ko‘p hollarda boshqa davlatda jazo o‘tayotganlar tilni, mahalliy urf-odatlarni bilmasligini ma’lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqinlar va do‘stlardan uzoqda bo‘lgan bunday insonning jamiyatga moslashishi qiyin. Oila bilan muloqot, yaqinlari bilan uchrashish, shubhasiz, mahkumga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/09/08/14928205_233:0:2964:2048_1920x0_80_0_0_e9841e135d9fed6223d0a89a06f13487.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qozog‘istonda ozodlikdan mahrum etilgan o‘zbekistonliklar jazoni o‘z vatanida o‘tashi mumkin
qozog‘istonda ozodlikdan mahrum etilgan o‘zbekistonliklar jazoni o‘z vatanida o‘tashi mumkin
Qozog‘istonda qamoqqa mahkum qilingan O‘zbekiston fuqarolari jazoni o‘z vatanida o‘tashi mumkin
11:56 16.02.2023 (yangilandi: 14:18 16.02.2023) Toqayev O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi mahkumlarni topshirish bo‘yicha bitimni tasdiqladi.
TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Qozog‘iston prezidenti O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi mahkumlarni topshirish bo‘yicha bitimni tasdiqladi. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston
xabar berdi. Qayd etilishicha, Qasim-Jomart Toqayev “O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni jazoni o‘tashni davom ettirish uchun topshirish to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish haqida”gi qonunni imzoladi.
Mazkur hujjat, agar mahkumning o‘zi istak bildirsa, ozodlikdan mahrum qilishning keyingi muddatini vatanida o‘tash imkonini beradi.
Qayd etilishicha, bugungi kunda Qozog‘istonda 486 nafar O‘zbekiston fuqarosi jazo muddatini o‘tamoqda. O‘zbekiston qamoqxonalarida 20 nafar qozog‘istonlik bor.
Avvalroq Qozog‘iston Bosh prokurori o‘rinbosari Aset Chindaliyev ko‘p hollarda boshqa davlatda jazo o‘tayotganlar tilni, mahalliy urf-odatlarni bilmasligini ma’lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqinlar va do‘stlardan uzoqda bo‘lgan bunday insonning jamiyatga moslashishi qiyin. Oila bilan muloqot, yaqinlari bilan uchrashish, shubhasiz, mahkumga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.