Qamchiq dovonida qancha qor ko‘chgani ma’lum bo‘ldi

© Yuz.uzQamchiq dovnini qor ko‘chkisidan tozalash
Qamchiq dovnini qor ko‘chkisidan tozalash  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.02.2023
Obuna bo‘lish
Qor ko‘chkisida hech kim jabrlanmagan, ayni damda FVV va "Qamchiqavtoyo‘l" hodimlari dovonni qordan tozalashmoqda.
TOShKENT, 16 fev - Sputnik. O‘tgan tunda Qamchiq dovonida qancha qor ko‘chgani ma’lum bo‘ldi.

FVV xabar qilishiga ko‘ra, "Toshkent – O‘sh" xalqaro avtomobil yo‘lining 238-m kilometri, ya’ni Qamchiq dovonida, kecha soat 22:40 da hajmi 1300 m³ bo‘lgan qor ko‘chkisi sodir bo‘lgan. Qor massasining bir qismi yo‘l ustiga tushgan, - deyiladi xabarda.

Ushbu hodisa natijasida hech kim jabrlanmagan.
Eslatib o‘tamiz, FVV qor ko‘chkisi xavfi haqida oldindan aholigi ogohlantirgan va Qamchiq dovoni orqali o‘tgan yo‘lni bir necha soat oldin yopib qo‘ygan edi.
Ayni damda FVV va "Qamchiqavtoyo‘l" hodimlari dovonni qordan tozalashmoqda.
Yangiliklar lentasi
0