Xitoy bilan hamkorlikda quyosh elektr stansiyalari quriladi

© Ministerstvo energetiki Respubliki UzbekistanPodpisan memorandum s kitayskoy kompaniyey po stroitelstvu solnechnix fotoelektricheskix stansiy obshey moshnostyu 2000 MVt v Uzbekistane.
Podpisan memorandum s kitayskoy kompaniyey po stroitelstvu solnechnix fotoelektricheskix stansiy obshey moshnostyu 2000 MVt v Uzbekistane. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.02.2023
Obuna bo‘lish
Mazkur memorandum doirasida Xitoy kompaniyasi tomonidan O‘zbekistonga 2 mlrd dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar kiritiladi.
TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Xitoy kompaniyasi bilan O‘zbekistonda umumiy quvvati 2000 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolandi. Bu haqda energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston energetika vaziri boshchiligidagi delegatsiya a’zolarining Xitoyga amaliy tashrifi doirasida anglashuv memorandumi imzolangan.
“15 fevral kuni Qashqadaryo, Buxoro va Samarqand viloyatlarida umumiy quvvati 2000 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish bo‘yicha CEEC ENERGY CHINA kompaniyasi bilan anglashuv memorandumi imzolandi”, - deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, mazkur memorandum doirasida Xitoy kompaniyasi tomonidan O‘zbekistonga 2 mlrd dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar kiritiladi.
Ushbu quyosh fotoelektr stansiyalarining ilk quvvatlari joriy yil yakuniga qadar ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Stansiyalar 2024-yilda to‘liq quvvat bilan ishlay boshlaydi.
Qayd etilishicha, buning natijasida yiliga 5,2 mlrd kVt soat elektrenergiyasi ishlabchiqarilib, 1,4 mlrd kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi.
Xabarga ko‘ra, tomonlar ushbu yirik loyihalarning istiqbollari va tez fursatlarda stansiyalar qurilish ishlarini jadal sur’atlarda amalga oshirishga kelishib oldi.
Avvalroq Rossiyadan O‘zbekistonga gaz yetkazib berish jadallashtirilishi haqida xabar berilgandi.
Eslatib o‘tamiz, yanvar oyi oxirida “Gazprom” rahbari Aleksey Miller va O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamaxmudov gaz sanoati sohasida hamkorlik bo‘yicha yo‘l xaritasini imzolagandi.
Yangiliklar lentasi
0