OAV: Putin o‘zining birgina harakati bilan AQSh ustidan kuldi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishStrategicheskiy bombardirovshik-raketonoses Tu-95MS na repetitsii vozdushnoy chasti parada Pobedi v Moskve
Strategicheskiy bombardirovshik-raketonoses Tu-95MS na repetitsii vozdushnoy chasti parada Pobedi v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.02.2023
Obuna bo‘lish
The Sun: Bering dengizi ustidan ikkita Tu-95MS parvozi Rossiyaning G‘arbga dahshatli xabari bo‘ldi.
TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Ikkita Tu-95M strategik raketa tashuvchisining Bering dengizining neytral suvlari ustidan parvozi Ukrainaga qurol-yarog‘ yuborilishi tufayli G‘arb uchun dahshatli signal bo‘ldi. Bu haqda sharhlovchi Uill Stuart The Sun nashrida ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.
"Rossiyaning “Medved” yadroviy bombardimonchi samolyotlari Alyaska yaqinida parvoz qilmoqda, Putin esa yana bir NUJ urib tushirilgandan keyin AQShni masxara qilmoqda”, — deyiladi maqolada.
Rossiya, Ukraina mojarosi boshlanishidan oldin ham, davlatlar chegaralari yaqinida havo patrullarini kuchaytirdi. Shunday qilib, so‘nggi yillarda parvozlar soni olti barobar oshdi, deya xulosa qildi nashr.
Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi ikkita Tu-95MS strategik raketa tashuvchisi Bering dengizining neytral suvlari ustida rejalashtirilgan yetti soatlik parvozni amalga oshirgani haqida xabar bergan edi.
Qayd etilishicha, raketa tashuvchilar Sharqiy harbiy okrug Harbiy havo kuchlari va Havo hujumidan mudofaa bo‘linmasining Su-30 qiruvchi samolyotlari tomonidan kuzatilgan.
Mudofaa vazirligi uzoq masofali aviatsiya uchuvchilari muntazam ravishda Arktika, Shimoliy Atlantika, Qora va Boltiq dengizlari va Tinch okeanining neytral suvlari ustidan uchib o‘tishini eslatdi. Barcha manevrlar havo hududidan foydalanish bo‘yicha xalqaro qoidalarga qat’iy rioya qilgan holda amalga oshiriladi.
Yangiliklar lentasi
0