https://oz.sputniknews.uz/20230216/mirziyoev-yoshlar-bandligini-taminlash-masalasi-boyicha-yigilish-otkazdi-32295137.html
Yoshlar davlat idoralariga biriktiriladi
Yoshlar davlat idoralariga biriktiriladi
Sputnik O‘zbekiston
Yoshlarni e’tibor va g‘amxo‘rlik bilan to‘la qamrab olish maqsadida ular “mahalladan vazirlikkacha” tizimi orqali davlat idoralariga biriktirilishi belgilandi.
2023-02-16T07:15+0500
2023-02-16T07:15+0500
2023-02-16T19:21+0500
jamiyat
shavkat mirziyoyev
yoshlar
o‘zbekiston
maktab
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/02/0f/32288127_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_f36f62dd949e5af3042e70b30a8b7cf2.jpg
TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.O‘tgan yili 9 ming 406 ta mahallada yoshlar yetakchilari faoliyati yo‘lga qo‘yilib, ularning muammolarini joyida hal etish imkoniyati yaratildi. Natijada yoshlar murojaatlarini ko‘rib chiqish muddati 30 kundan 5 kunga qisqardi. Ayni paytda yetakchilarning tavsiyasi asosida yigit-qizlarga 25 ta yordam turlari ko‘rsatilmoqda.Yosh avlodning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish va bandligini ta’minlash maqsadida 14-30 yoshdagi 9 million nafar yoshlarning balansi shakllantirildi. Bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, iqtidorini yuzaga chiqarish maqsadida 5 bosqichli “Besh tashabbus olimpiadasi” o‘tkazib kelinmoqda.Davlat rahbari bitiruvchilarni kasb-hunarga o‘rgatish va ish bilan ta’minlashga qaratilgan “Hayot maktabi” dasturini amalga oshirish tashabbusini bildirdi.Shuningdek, yoshlarga ajratilayotgan mablag‘larning shakllanishi va moliyalashtirish jarayonlarini raqamlashtirib, maqsadli yo‘naltirish vazifasi qo‘yildi. Yigit-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, biznes ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.Yoshlarni yot g‘oyalar xurujidan ishonchli himoya qilish uchun muqobil axborot resurslari yaratib, boyitib borish muhimligi aytildi.Yig‘ilishda mutasaddilar joriy yilda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan axborot berdi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/02/0f/32288127_108:0:1243:851_1920x0_80_0_0_3342c71fe802d0e6a7326d923d32ea3f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
mirziyoyev yoshlar bandlik yig‘ilish
mirziyoyev yoshlar bandlik yig‘ilish
Yoshlar davlat idoralariga biriktiriladi
07:15 16.02.2023 (yangilandi: 19:21 16.02.2023) Yoshlarni e’tibor va g‘amxo‘rlik bilan to‘la qamrab olish maqsadida ular “mahalladan vazirlikkacha” tizimi orqali davlat idoralariga biriktirilishi belgilandi.
TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati
xabar berdi. O‘tgan yili 9 ming 406 ta mahallada yoshlar yetakchilari faoliyati yo‘lga qo‘yilib, ularning muammolarini joyida hal etish imkoniyati yaratildi. Natijada yoshlar murojaatlarini ko‘rib chiqish muddati 30 kundan 5 kunga qisqardi. Ayni paytda yetakchilarning tavsiyasi asosida yigit-qizlarga 25 ta yordam turlari ko‘rsatilmoqda.
Yosh avlodning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish va bandligini ta’minlash maqsadida 14-30 yoshdagi 9 million nafar yoshlarning balansi shakllantirildi. Bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, iqtidorini yuzaga chiqarish maqsadida 5 bosqichli “Besh tashabbus olimpiadasi” o‘tkazib kelinmoqda.
Yig‘ilishda bu boradagi ishlarni davom ettirib, sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish zarurligi ta’kidlandi.
Davlat rahbari bitiruvchilarni kasb-hunarga o‘rgatish va ish bilan ta’minlashga qaratilgan “Hayot maktabi” dasturini amalga oshirish tashabbusini bildirdi.
Yoshlarni e’tibor va g‘amxo‘rlik bilan to‘la qamrab olish maqsadida ular “mahalladan vazirlikkacha” tizimi orqali davlat idoralariga biriktirilishi belgilandi.
Shuningdek, yoshlarga ajratilayotgan mablag‘larning shakllanishi va moliyalashtirish jarayonlarini raqamlashtirib, maqsadli yo‘naltirish vazifasi qo‘yildi. Yigit-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, biznes ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
Yoshlarni yot g‘oyalar xurujidan ishonchli himoya qilish uchun muqobil axborot resurslari yaratib, boyitib borish muhimligi aytildi.
Yig‘ilishda mutasaddilar joriy yilda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan axborot berdi.