Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 16-fevralning asosiy xabarlari

© Sputnik / Kirill Braga / Mediabankka o‘tishOtrad dobrovolsev iz Volgograda otpravilsya v zonu SVO
Otrad dobrovolsev iz Volgograda otpravilsya v zonu SVO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.02.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya Qurolli kuchlari maxsus operatsiya maqsadlariga muvofiq Ukraina armiyasi, millatchi batalonlari, xorijiy yollanma askarlar guruhlari hamda harbiy texnikasini yo‘q qilishda davom etmoqda.
TOShKENT, 16 fev - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning asosiy voqealari.

Mudofaa vazirligi hisoboti:

Kupansk yo‘nalishida "G‘arbiy" qo‘shinlar guruhi bo‘linmalari LXRning Dvurechnaya, Kraxmalnoe va Novoselovskoe, Xarkov viloyatining Olshana aholi punktlarida UQKning xarbiy xizmatchilari va texnikasiga zarba berdi. Kun davomida dushman yo‘qotishlari 65 tagacha harbiy xizmatchi, ikkita zirhli jangovar mashina, beshta mashina va "Grad" reaktiv tizimining jangovar mashinasini tashkil qildi.
Krasniy-Liman yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlari guruhi LXRning Chervonaya Dibrova va Kuzmino aholi punktlari hududlaridagi dushmanning 100 dan ortiq harbiy xizmatchilari, uchta zirhli jangovar mashina, to‘rtta pikap, BM-21 "Grad" reaktiv tizimi jangovar mashinasi, ikkita D-20 gaubitsasi va "Gvozdika" o‘ziyurar gaubitsasini yo‘q qildi.
D️onesk yo‘nalishida "Janubiy" guruh qo‘shinlari hujum davomida 135 tagacha ukrainalik harbiy xizmatchilar, ikkita HIMARS (AQSh) raketa tizimi uchuruvchi mashinasini, uchta tank, uchta zirhli jangovar mashina, sakkizta mashina, ikkita D-20 va D-30 gaubitsasi, "Gvozdika" o‘ziyurar gaubitsasi, shuningdek AN/TPQ-50 batareyaga qarshi radarini yo‘q qildi.
DXRning Verxnekamenskoe qishlog‘i yaqinida Ukraina Qurolli kuchlarining 54-mexanizatsiyalashgan brigadasining o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
Janubiy Donetsk va Zaporoje yo‘nalishlarida "Vostok" qo‘shinlari guruhi DXRning Ugledar va Prechistovka aholi punktlari hududlarida UQKning 55 dan ortiq harbiy xizmatchisi, to‘rtta zirhli jangovar mashinasi, ikkita avtomashinasi, shuningdek, D-20 va D-30 gaubitsalarini yo‘q qilgan.
Xerson yo‘nalishida, batareyaga qarshi qarshi kurash natijasida bir sutkada quyidagilar yo‘q qilindi: "Akatsiya" o‘ziyurar gaubitsasi va "Msta-B" gaubitsasi. Bundan tashqari, Xerson shahri hududida, Dudchani va Berislav aholi punktlarida, 123 va 126-hududiy mudofaa brigadalarining to‘rtta o‘q-dorilar ombori o‘qqa tutildi.
Aviatsiya, raketa qo‘shinlari va artilleriya Avdeyevka qishlog‘i yaqinida UQKning 36-dengiz piyoda brigadasining qo‘mondonlik punkti, Uglesborochnaya qishlog‘i yaqinidagi 72-mexanizatsiyalashgan brigadasini, DXRning Malinovka aholi punkti hududida 102 hududiy mudofaa bo‘linmalarini va 118 hududda joylashgan UQKning 92 ta artilleriya bo‘linmalariga zarba berdi. Poltava shahri yaqinida UQKning harbiy texnikasi uchun yoqilg‘i-moylash materiallari ombori yo‘q qilindi.
Havo hujumidan mudofaa tizimlari Xarkov viloyatining Doroshovka qishlog‘i yaqinida Ukraina harbiy-havo kuchlarining Mi-8 vertolotini urib tushirdi. Kun davomida HIMARS (AQSh) reaktiv tizimining 4ta raketasi tutib olindi.
Shuningdek, Doneskning Stelmaxovka, Jovtneve, Oleksandrivka, Novomayorskoe, Xerson viloyati Yablokovo, Xarkov viloyati Kalanchak va Kislovka aholi punktlari hududida Ukrainaning 20 ta uchuvchisiz uchish apparati yo‘q qilindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan buyon Ukraina jami 385 ta samolyot, 209 ta vertolot, 3 152 ta uchuvchisiz uchish apparati, 404 ta zenit-raketa tizimi, 7 891 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnikalar, 1 024 ta ko‘p sonli raketalar, 4 111 ta dala artilleriya qurollari va 8407 dona maxsus harbiy texnika.
Yangiliklar lentasi
0