Farg‘ona aeroportida parvozlar vaqtincha cheklandi

© pexels.com/Alexandr PodvalnyTuman tufayli parvozlar vaqtincha cheklandi
Tuman tufayli parvozlar vaqtincha cheklandi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.02.2023
Obuna bo‘lish
Qalin tuman va ko‘rish uzoqligi pasayishi munosabati bilan Farg‘ona aeroportida parvozlarni qabul qilish va jo‘natish cheklandi.
TOShKENT, 16 fev - Sputnik. Ob-havo sharoiti tufayli Farg‘ona aeroportida samolyotlarni qabul qilish va jo‘natish vaqtincha cheklandi, deb xabar qildi Uzbekistan Airports.
"Farg‘ona xalqaro aeroportida ko‘rish imkoniyati yomonlashgani tufayli — masofa 600 metr, havo kemalarini qabul qilish va jo‘natishga cheklovlar joriy etildi", - deyiladi kompaniya rasmiy telegram kanalida.
Eslatib o‘tamiz, 15-fevral kuni ob-havo sharoiti noqulay bo‘lgani sababli El-Quvaytdan O‘shga uchgan Jazeera Airways kompaniyasi samolyoti Toshkentga qo‘nishga majbur bo‘lgan edi.
Shuningdek, Flydubai kompaniyasining Dubaydan Dushanbega uchgan samolyoti ham 15-fevral kuni qalin tuman tufayli Samarqandga qo‘nishga majbur bo‘lgan edi.
Yangiliklar lentasi
0