Afg‘oniston hukumati vayron bo‘lgan Navoiy haykalini tiklash choralarini ko‘radi – TIV

© Sputnik / Zafar XalilovMID Uzbekistana
MID Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.02.2023
Obuna bo‘lish
TIV: Afg‘onistonda Alisher Navoiy yodgorliklariga zarar yetkazilgan.
TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Afg‘oniston hukumati vayron bo‘lgan Navoiy haykalini tiklash choralarini ko‘radi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirining matbuot kotibi Axror Burxanov ma’lum qildi.
Aytilishicha, Afg‘onistonda Alisher Navoiy yodgorliklariga zarar yetkazilgan. Ushbu masala yuzasidan diplomatlar Afg‘oniston vakillari bilan bog‘landi.
“Ularning ta’kidlashicha, ushbu vandalizm holati qardosh O‘zbekiston bilan ko‘p asrlik do‘stona munosabatlarni mustahkamlash tarafdori bo‘lgan muvaqqat hukumat rasmiy siyosatini aks ettirmaydi, noma’lum shaxslarning o‘zboshimchalik va o‘ylamasdan qilgan harakati natijasi bo‘lib, umumiy tarixiy va madaniy merosimizga zarar yetkazadi”, deb yozadi Axror Burxanov.
Afg‘oniston vakillari yodgorliklarni tiklash va umumiy merosga hurmat bilan munosabatda bo‘lish choralarini ko‘rishini ma’lum qilishgan.
Yangiliklar lentasi
0