https://oz.sputniknews.uz/20230215/nato-evropani-urushga-jonatishga-tayyorlamoqda-32287716.html
NATO Yevropani urushga jo‘natishga tayyorlamoqda
NATO Yevropani urushga jo‘natishga tayyorlamoqda
Sputnik O‘zbekiston
Ukraina armiyasida shaxsiy tarkib zahirasi tugab borgan sari Amerika uni o‘rnini to‘ldirishni o‘ylamoqda. Nomzodlar - NATO mamalkatlari va birinchi navbatda Sharqiy... 15.02.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-02-15T21:45+0500
2023-02-15T21:45+0500
2023-02-15T21:45+0500
kolumnistlar
nato
aqsh
yevropa
ukraina
vladimir zelenskiy
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/10/24593866_0:398:2933:2047_1920x0_80_0_0_3c156e5b9f52533a7ecafe341ca92ca7.jpg
TOShKENT, 15 fev - Sputnik. Bloomberg agentligining o‘z manbalariga taniyab xabar berishicha, shu kunlarda NATOga a’zo mamlakatlar mudofaa vazirlari sirli hujjatni imzolaydi.Unda tashkilot nizomining beshinchi moddasi doirasida yuqori intensiv mojaroda bir vaqtning o‘zida ishtirok etish sharoitida alyans harakatlari, va eng qizig‘i, ushbu band ostiga tushmaydigan voqealarni belgilaydi. NATO Nizomining 5-moddasi jamoaviy mudofaa to‘g‘risidagi juda mashhur band bo‘lib, unga ko‘ra, alyans a’zolaridan biriga tajovuz butun tashkilotga hujum sifatida qaraladi va bu agressiyaga birgalikda javob berishga olib keladi.Ushbu hatti-harakatlar sababbini uzoq qidirishga xojat yo‘q, u oshkora turibdi – Ukraina. Qancha uzoqroq bo‘lsa, shu qadar ravshan bo‘lib bormoqdaki, G‘arb u yerda tuzoqqa tushib qolgan: u Rossiya ustidan g‘alaba qozonish uchun hammasini tikdi, ammo bu aslo o‘xshamayapti. So‘nggi haftalarda eng nufuzli axborot manbalari ham UQKning mag‘lubiyatga mahkumligi va hech qanday g‘arb qurollari qutqara olmasligi haqida ochiq va oshkora bong urmoqda.Agar voqealar bir necha yillar avval sodir bo‘lganda, G‘arb harbiy va siyosiy guruhlarni qayta yig‘ish uchun tanaffus olgan va qanchadir vaqt o‘tib urinib ko‘rgan bo‘lar edi. Mamlakatimizga qilingan har bir qattiq, ammo samarasiz hujumdan so‘ng, nisbatan xotirjamlik davri kuzatilganida, hatto mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirishga urinishlar bo‘lganida ham aynan mana shu taktikani biz bir necha yillardan beri kuzatapmiz.Ammo bu yerda Shimoliy Atlantika ittifoqidagi munosabatlarning ichki nozik tomonlari yuzaga chiqadi. Tashkilot rahbari va haqiqiy egasi AQSh. Ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri manfaatlarga ega vau larni endi yashirishmaydi - Yevropani Rossiya bilan urush o‘chog‘iga tashlash (bu tufayli jiddiy iqtisodiy foyda oldi), lekin ayni paytda Moskva bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy to‘qnashuvga yo‘l qo‘ymaslik kerak, chunki bu sababli global yadroviy falokat sodir bo‘lishi muqarrar.Qurbonlik uchun birinchi navbatda polyaklar va boshqa sharqiy yevropaliklar turgani aniq. Ammo AQShning G‘arbiy Yevropa uchun ham uzoqni ko‘zlagan rejalari borligiga shubha yo‘q. Va Vashingtonning mahalliy elitani o‘ziga bo‘ysundirish va bu mamlakatlarni ochiqdan-ochiq o‘z joniga qasd qilish yo‘liga yo‘naltirishdagi muvaffaqiyatini hisobga olsak, amerikaliklarning Eski dunyoni Sharqiy frontdagi go‘sht maydalagichga yuborish rejalari tarixda yana bir bor amalga oshishi mumkin.
yevropa
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Irina Alksnis
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/758/81/7588160_0:0:448:448_100x100_80_0_0_a141ed2ada36acd64d4e57387d493e8d.png
Irina Alksnis
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/758/81/7588160_0:0:448:448_100x100_80_0_0_a141ed2ada36acd64d4e57387d493e8d.png
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/10/24593866_9:0:2738:2047_1920x0_80_0_0_9f1220a0f70ab8c1cf8986c379b4b24c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Irina Alksnis
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/758/81/7588160_0:0:448:448_100x100_80_0_0_a141ed2ada36acd64d4e57387d493e8d.png
kolumnistlar, nato, aqsh, yevropa, ukraina, vladimir zelenskiy
kolumnistlar, nato, aqsh, yevropa, ukraina, vladimir zelenskiy
NATO Yevropani urushga jo‘natishga tayyorlamoqda
Ukraina armiyasida shaxsiy tarkib zahirasi tugab borgan sari Amerika uni o‘rnini to‘ldirishni o‘ylamoqda. Nomzodlar - NATO mamalkatlari va birinchi navbatda Sharqiy Yevropa davlatlari. G‘arbiy Yevropa esa hozircha bu urushning xarajatini qoplaydi.
TOShKENT, 15 fev - Sputnik. Bloomberg agentligining o‘z manbalariga taniyab xabar berishicha, shu kunlarda NATOga a’zo mamlakatlar mudofaa vazirlari sirli hujjatni imzolaydi.
Unda tashkilot nizomining beshinchi moddasi doirasida yuqori intensiv mojaroda bir vaqtning o‘zida ishtirok etish sharoitida alyans harakatlari, va eng qizig‘i, ushbu band ostiga tushmaydigan voqealarni belgilaydi.
NATO Nizomining 5-moddasi jamoaviy mudofaa to‘g‘risidagi juda mashhur band bo‘lib, unga ko‘ra, alyans a’zolaridan biriga tajovuz butun tashkilotga hujum sifatida qaraladi va bu agressiyaga birgalikda javob berishga olib keladi.
Aslida, ushbu modda bema’ni ekanini va kerak bo‘lganda NATO har doim har qanday mojaroga aralashishdan voz kechish imkoniyatiga ega ekani - uzoq vaqtdan beri va ko‘pchilik tomonidan aytilgan. Ammo Bloomberg insayderining ta’kidlashicha, Brussel voqealarning aynan shunday rivojlanishini oldini olishga harakat qilmoqchi. Bu alyansning ba’zi a’zolari NATO beshinchi moddadan foydalanmaydigan ba’zi harbiy harakatlarda qatnashgan paytni nazarda tutadi.
Ushbu hatti-harakatlar sababbini uzoq qidirishga xojat yo‘q, u oshkora turibdi – Ukraina. Qancha uzoqroq bo‘lsa, shu qadar ravshan bo‘lib bormoqdaki, G‘arb u yerda tuzoqqa tushib qolgan: u Rossiya ustidan g‘alaba qozonish uchun hammasini tikdi, ammo bu aslo o‘xshamayapti. So‘nggi haftalarda eng nufuzli axborot manbalari ham UQKning mag‘lubiyatga mahkumligi va hech qanday g‘arb qurollari qutqara olmasligi haqida ochiq va oshkora bong urmoqda.
AQSh va Yevropaning Ukraina qo‘li bilan Rossiyani mag‘lub etishga pul tikkani chippakka chiqdi, demak kun tartibida endi qilmoq kerak degan savol ko‘ndalang turibdi.
Agar voqealar bir necha yillar avval sodir bo‘lganda, G‘arb harbiy va siyosiy guruhlarni qayta yig‘ish uchun tanaffus olgan va qanchadir vaqt o‘tib urinib ko‘rgan bo‘lar edi. Mamlakatimizga qilingan har bir qattiq, ammo samarasiz hujumdan so‘ng, nisbatan xotirjamlik davri kuzatilganida, hatto mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirishga urinishlar bo‘lganida ham aynan mana shu taktikani biz bir necha yillardan beri kuzatapmiz.
Muammo shundaki, bu safar G‘arbning vaqti yo‘q: o‘zi yetakchi va asosiy foyda oluvchi bo‘lgan jahon global tizimi yanada tezroq parchalanmoqda. To‘xtab qolishga ham, orqaga chekinishga ham qurbi yetmaydi. Yagona yo‘l - boshlaganni davom etish. Va Ukrainaning safarbarlik zaxirasining kamayib borayotgani nuqtayi nazaridan, yangi chalg‘ituvchi qo‘shinlar izlash kerak va uning manbai aniq - NATO mamlakatlari.
Ammo bu yerda Shimoliy Atlantika ittifoqidagi munosabatlarning ichki nozik tomonlari yuzaga chiqadi. Tashkilot rahbari va haqiqiy egasi AQSh. Ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri manfaatlarga ega vau larni endi yashirishmaydi - Yevropani Rossiya bilan urush o‘chog‘iga tashlash (bu tufayli jiddiy iqtisodiy foyda oldi), lekin ayni paytda Moskva bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy to‘qnashuvga yo‘l qo‘ymaslik kerak, chunki bu sababli global yadroviy falokat sodir bo‘lishi muqarrar.
Bloomberg e’lon qilgan NATO rejalari aynan shu muammoni hal qilishga qaratilgan. Bir tomondan, tashkilotga a’zo davlatlar ishtirokida harbiy harakatlar sodir bo‘lgan taqdirda, beshinchi moddani e’tiborsiz qoldirish bo‘yicha protseduralar faol tayyorlanmoqda. Boshqa tomondan, xuddi shu maxfiy hujjat, axborot agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘p jihatdan “mudofaa xarajatlari maqsadlariga erishish”, ya’ni ko‘p yillar davomida harbiy ehtiyojlar uchun YaIMning ikki foizni ajratishga o‘jarlik qilgan eng boy a’zolarini "quloq qilishga" bag‘ishlangan.
Qurbonlik uchun birinchi navbatda polyaklar va boshqa sharqiy yevropaliklar turgani aniq. Ammo AQShning G‘arbiy Yevropa uchun ham uzoqni ko‘zlagan rejalari borligiga shubha yo‘q. Va Vashingtonning mahalliy elitani o‘ziga bo‘ysundirish va bu mamlakatlarni ochiqdan-ochiq o‘z joniga qasd qilish yo‘liga yo‘naltirishdagi muvaffaqiyatini hisobga olsak, amerikaliklarning Eski dunyoni Sharqiy frontdagi go‘sht maydalagichga yuborish rejalari tarixda yana bir bor amalga oshishi mumkin.