MDH davlat rahbarlari oktabrda Bishkekda uchrashadi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v neformalnoy vstreche glav gosudarstv SNG, proshedshey po initsiative Prezidenta Rossiyskoy Federatsii Vladimira Putina v gorode Sankt-Peterburge.
Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v neformalnoy vstreche glav gosudarstv SNG, proshedshey po initsiative Prezidenta Rossiyskoy Federatsii Vladimira Putina v gorode Sankt-Peterburge.
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.02.2023
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston TIV: MDHning barcha davlat rahbarlari 13-oktabr kuni Bishkekda yig‘iladi.
TOShKENT, 15 fev — Sputnik. Bishkekda 13-oktabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining majlisi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Asein Isayev ma’lum qildi, deya xabar berdi Sputnik Qirg‘iziston.
Joriy yilda Qirg‘iziston MDH organlariga raislik qilmoqda. Asein Isayevning so‘zlariga ko‘ra, Hamdo‘stlikda to‘rtta nizom organi mavjud bo‘lib, ulardan eng muhimi Davlat rahbarlari kengashidir.
"Sammit 13-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi va u ma’qullandi. MDHga a’zo davlatlarning barcha rahbarlari Bishkekda yig‘iladi. Prezidentimiz Sadir Japarov hamkasblarini qabul qiladi", — dedi Isayev.
Vazir o‘rinbosari ta’kidlaganidek, Japarov Qirg‘iziston MDHga qanday raislik qilgani haqida ma’lumot beradi.
Bundan tashqari, 12-oktabrda Tashqi ishlar vazirlari, 26-oktabrda esa Hukumat rahbarlari kengashlarining majlisi bo‘lib o‘tadi, deya qo‘shimcha qildi diplomat.
Yangiliklar lentasi
0