Bugun O‘zbekistonda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir, qor yog‘adi

© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovOsen v Tashkente.
Osen v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.02.2023
Obuna bo‘lish
Prognozlarga ko‘ra, harorat +6-11 daraja iliq bo‘ladi.
TOShKENT, 15 fev — Sputnik. Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Prognozlarga ko‘ra, ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat +6-11 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkentda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat +8-10 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat +0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0