Toshkent viloyatida tungi piyodalar o‘tish yo‘lakchasi ishga tushirildi - video

© CC0 / Unsplash / Egor MyznikPeshexodniy perexod
Peshexodniy perexod - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.02.2023
Obuna bo‘lish
Nurafshon shahrida tungi vaqtda piyodalar o‘tish joyi aniq va tiniq, sifatli ko‘rinib turishini ta’minlash maqsadida yangicha usul sinovdan o‘tkazilmoqda.
TOShKENT, 14 fev — Sputnik. Toshkent viloyatida chiroq nuri yordamida ishlaydigan piyodalar o‘tish yo‘lakchasi ishga tushirildi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, viloyatning Nurafshon shahrida tungi vaqtda piyodalar o‘tish joyi aniq va tiniq, sifatli ko‘rinib turishini ta’minlash maqsadida yangicha usul sinovdan o‘tkazilmoqda.
Unga ko‘ra, piyodalar o‘tish yo‘lakchasida joylashgan svetoforning yuqori qismiga maxsus “projektor” o‘rnatildi. Mazkur chiroq tunda zebra yo‘laklarini aks ettiradi va ularni uzoqdan payqash imkonini yaratib beradi.
Viloyatning boshqa manzillarida ham bunday usuldan foydalanish rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0