Toshkent viloyatida gulchilik markazlari ochiladi

© Pixabay / Uwe Driesel Teplitsa. Illyustrativnoe foto
Teplitsa. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.02.2023
Obuna bo‘lish
Markazlarda ishsiz fuqarolar gulchilik sohasi, ya’ni, landshaft dizayn, gulchilik seleksiyasi va ko‘chatchilik yo‘nalishlarida o‘qitiladi.
TOShKENT, 14 fev — Sputnik. Toshkent viloyatining Qibray va Yangiyo‘l tumanlarida gulchilik markazlari tashkil etilmoqda. Bu haqda viloyat matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur markazlar gulchilik va ko‘chatchilik sohalarini rivojlantirish, shu jumladan, gul yetishtirishda aholi bilan kooperatsiya usulida faoliyat olib borish hamda tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etiladi.
Markazlarda ishsiz fuqarolar gulchilik sohasi, ya’ni, landshaft dizayn, gulchilik seleksiyasi va ko‘chatchilik yo‘nalishlarida o‘qitiladi. Shuningdek, gulchilikning zamonaviy turlariga asos solinishi va gul yetishtirish va sotishda nafaqat ichki bozor, balki eksportbop navlarni yaratish ham rejalashtirilgan.
Qayd etilishicha, Yangiyo‘l tumanining "Darxon" mahallasida 399 ta xonadon mavjud. Ularning 315 tasi issiqxonachilik bilan shug‘ullanadi. Shundan 215 tasi gulchilikka ixtisoslashgan.
Ushbu mahalla fuqarolariga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishlari uchun 10 va 20 sotixdan yer ajratish reja qilingan. Mahalla hududida 2 gektardan ziyod yer maydonida gulchilik markazi tashkil etish yo‘lga qo‘yildi.
Qibray tumanida faoliyat olib borayotgan "Agro Light Business" gulchilik klasterida Turkiya hamda Gollandiya davlatining mutaxassislari bilan birgalikda atirgul, lola kabi gullar yetishtirilmoqda.
O‘tgan yilning o‘zida Rossiya hamda Qozog‘iston davlatlariga 220 ming dollarlik mahsulotlar eksport qilingan.
Yangiliklar lentasi
0