Rossiyalik qutqaruvchilar Turkiyadagi vayronalar ostidan 150 ming $ topib olishdi

© AP Photo / DIA ImagesRazrusheniya v gorode Kaxramanmarash, Tursiya, 6-fevralya 2023 goda.
Razrusheniya v gorode Kaxramanmarash, Tursiya, 6-fevralya 2023 goda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.02.2023
Obuna bo‘lish
Rossiyalik qutqaruvchilar qidiruv-qutqaruv ishlari davomida Turkiyadagi turar-joy binosi vayronalarini tozalash chog‘ida katta miqdorda pul topib olishdi.
TOShKENT, 14 fev — Sputnik. Rossiyalik qutqaruvchilar Turkiyada turar-joy binosi vayronalari ostidan 150 ming dollar topib olishdi. Bu haqda RIA Novosti Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tayanib xabar berdi.
Rossiyalik qutqaruvchilar qidiruv-qutqaruv ishlari davomida Turkiyadagi turar-joy binosi vayronalarini tozalash chog‘ida katta miqdorda pul topib olishdi.
Qayd etilishicha, vayronalar qatlamini ochish vaqtida 100 dollarlik kupuralar bilan to‘ldirilgan idish topilgan.
“Topilgan 150 ming dollar miqdoridagi mablag‘lar inventarizatsiya qilish uchun mahalliy politsiyaga topshirildi”, — deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun Turkiyada vayronalar ostidan 4 mln dollar topilgan edi. Pullar politsiyaga topshirilgan. Ularni topgan qahramon – Mehmet O‘zber Hatayda ishlaydi.
Yangiliklar lentasi
0