Rishton kulolchilik mahsulotlari Rossiyada onlayn sotiladi

© unsplash/AXP PhotographyUzbekskaya keramika.
Uzbekskaya keramika. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.02.2023
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, onlayn tadbirkorning rejalari katta.
TOShKENT, 13 fev — Sputnik. Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan Abbosbek Mamayev hozirda Moskva va Sankt-Peterburg shaharlarida faoliyat yuritadi. Uning ijtimoiy tarmoqlarda tadbirkorlikni targ‘ib etuvchi va katta auditoriyaga ega kanallari bor, deb yozadi O‘zA.
Ta’kidlanishicha, onlayn tadbirkorning rejalari katta.
“Rishtonlik kulollarimiz bilan suhbatlashdik, hamkorlikda ishlash bo‘yicha yangi rejalar tuzdik. Shuningdek, “Mingboshi keramik” kulolchilik klasteri, “R+Koron” xususiy korxonasiga qarashli kulolchilik muzeyi faoliyati bilan tanishdim”, - deydi u.
Tadbirkor “Chinor+” turistik majmuasi hamda “Ruso‘zbekteks” korxonasiga qarashli yangi qurilayotgan to‘qimachilik fabrikasi bilan ham hamkorlik qilishni rejalashtirgan.
Shuningdek, Abbosbek Mamayev Rishton kulolchilik mahsulotlarini Rossiyadagi elektron savdo platformalari orqali sotishni tashkil etishni rejalashtirmoqda.
Yangiliklar lentasi
0