O‘zbekistonlik sportchi Qozog‘istonda oltin medalni qo‘lga kiritdi

© Natsionalniy olimpiyskiy komitet UzbekistanaSharifa Davronova
Sharifa Davronova - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.02.2023
Obuna bo‘lish
13,98 metr natija sportchiga chempionlikni taqdim qilgan.
TOShKENT, 12 fev — Sputnik. O‘zbekistonlik sportchi Sharifa Davronova Osiyo chempioni bo‘ldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qozog‘istonning Astana shahrida yengil atletika bo‘yicha yopiq inshootlardagi qit’a birinchiligining ikkinchi kun dasturida ham O‘zbekiston terma jamoasi oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Qayd etilishicha, uch hatlab sakrash dasturida ishtirok etgan 16 yoshli Sharifa Davronova eng yuqori natija qayd etib, kattalar o‘rtasida ham tengsiz ekanini ko‘rsatgan. 13,98 metr natija sportchiga chempionlikni taqdim qilgan.
Ikkinchi o‘rinni 13,66 metr natija bilan yaponiyalik sportchi Mariko Marimoto, uchinchi o‘rinni 13,52 metr natija bilan xitoylik Chen Tin egallagan.
Yangiliklar lentasi
0