O‘zbekiston va Afg‘oniston Hayraton–Mozori Sharif temir yo‘li bo‘yicha yangi kelishuv imzoladi

© AFP 2023 / Anvar Ilyasov/POOL Uzbekskiy pogranichnik na granitse s Afganistanom u goroda Termez
Uzbekskiy pogranichnik na granitse s Afganistanom u goroda Termez - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.02.2023
Obuna bo‘lish
Tomonlar birgalikda “Mozori Sharif” bekatiga yuklarni yetkazib berishni tezlashtirishni ham kelishib oldi.
TOShKENT, 12 fev — Sputnik. O‘zbekiston va Afg‘oniston Hayraton–Mozori Sharif temir yo‘lidan foydalanish bo‘yicha yangi kelishuv imzoladi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi kelishuv bugun, 12-fevral kuni Afg‘oniston temir yo‘l boshqarmasi va “Sogdiana Trans” ShK o‘rtasida imzolandi. Unga ko‘ra, “Sogdiana Trans” 2-yil davomida o‘z faoliyatini davom ettiradi.
Bundan tashqari, tomonlar birgalikda “Mozori Sharif” bekatiga yuklarni yetkazib berishni tezlashtirishni kelishib oldi.
Eslatib o‘tamiz, 10-fevral kuni Afg‘oniston temir yo‘l boshqarmasi va “Sogdiana trans” ShK o‘rtasida “Hayraton-Mozori Sharif” temir yo‘lini ekspluatatsiya qilishni kelgusida davom ettirish bo‘yicha yangi shartnoma imzolashga kelishilgandi.
Yangiliklar lentasi
0