Turkiyadagi zilzilada halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosining jasadi Farg‘onaga yuborildi

© O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi Istanbul aeroporti
Istanbul aeroporti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.02.2023
Obuna bo‘lish
Hatay shahrida vafot etgan Andijon viloyatida tug‘ilgan 56 yoshlik o‘zbekistonlikning jasadi Istanbul aeroportidan Farg‘ona shahriga yuborildi.
TOShKENT, 11 fev — Sputnik. Turkiyadagi zilzilada halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosining jasadi Farg‘onaga yuborildi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Hatay shahrida vafot etgan Andijon viloyatida tug‘ilgan 56 yoshlik U.H.ning jasadi Istanbul aeroportidan Farg‘ona shahriga yuborildi.
Shuningdek, bugun yana bir o‘zbek oilasining 5 nafar a’zosi zilzila sodir bo‘lgan Malatya shahridan evakuatsiya qilindi. Ularga Bosh konsulxonaning tabiiy ofat oqibatini bartaraf etish uchun ochilgan maxsus hisob raqamidan aviachiptalar harid qilinib O‘zbekistonga yuborildi.
Ma’lumot uchun, Turkiyadagi zilzila qurbonlari soni 21 848 nafar, jarohatlanganlar soni esa 80 104 nafarga yetdi.
Yangiliklar lentasi
0