Parranda grippi yangi pandemiyani keltirib chiqarishi mumkin - JSST

© Pixabay/Alexandra_KochOmikron
Omikron - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.02.2023
Obuna bo‘lish
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyesusning ma’lum qilishicha, mamlakatlar yangi pandemiya ehtimoliga tayyorgarlik ko‘rishlari zarur.
TOShKENT, 11 fev — Sputnik. Parranda grippi yangi pandemiyani keltirib chiqarishi mumkin. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga tayanib xabar berdi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyesusning ma’lum qilishicha, mamlakatlar yangi pandemiya ehtimoliga tayyorgarlik ko‘rishlari zarur.
Qayd etilishicha, so‘nggi haftalarda norka, tulki, dengiz mushugi kabi bir qator sut emizuvchilar turkumiga mansub yovvoyi hayvonlarda parranda grippi (H5N1) virusi aniqlandi.
Vaholanki, 1996-yildan buyon bu xastalik yovvoyi qush va mahalliy parrandalar orasida avj olayotgan edi. Endi esa u sut emizuvchilar turkumiga mansub jonivorlarga yuqayotgani xavotirlarga sabab bo‘lmoqda.
Ushbu xastalik kamdan kam holatlarda odamlar o‘rtasida tarqalishi qayd etilgan.
“Ammo bu holat kelajakda ham faqat shunday davom etishini taxmin qilolmaymiz. Shunday ekan, har qanday o‘zgarishlarga tayyor bo‘lishimiz kerak. Odamlar esa infeksiyadan zararlangan va kasallikdan o‘lgan hayvonlarga yaqinlashmasliklari zarur”-deydi Gebreyesus.
JSST rahbarining ta’kidlashicha, COVID-19 pandemiyasi barcha uchun saboq bo‘lishi kerak.
Yangiliklar lentasi
0