Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Rossiya elchisini qabul qildi

© MID UzbekistanaZamestitel ministra inostrannix del Uzbekistana Baxrom A’loyev i posol Rossii Oleg Malginov, arxivnoe foto
Zamestitel ministra inostrannix del Uzbekistana Baxrom A’loyev i posol Rossii Oleg Malginov, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.02.2023
Obuna bo‘lish
Bahromjon A’loyev va Oleg Malginov Rossiya vakillarining “INNOPROM. Markaziy Osiyo” navbatdagi xalqaro sanoat ko‘rgazmasida ishtirok etish masalalarini muhokama qildi.
TOShKENT, 10 fev — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Rossiyaning mamlakatdagi elchisi Oleg Malginovni qabul qildi.
TIV xabariga ko‘ra, uchrashuvda diplomatlar O‘zbekiston-Rossiya strategik sherikligining bugungi holati va rivojlanish istiqbollari to‘g‘risida fikr almashishgan.
Ikki tomonlama tadbirlar, shuningdek joriy yili o‘tkazilishi rejalashtirilgan turli darajadagi o‘zaro tashriflar jadvali va kun tartibi ko‘rib chiqildi.
Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni jadallashtirishga tayyorliginini bildirishdi. qayd etildi. Rossiya vakillarining 2023-yil aprel oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan “INNOPROM. Markaziy Osiyo” navbatdagi xalqaro sanoat ko‘rgazmasida ishtirok etish masalalari muhokama qilindi.
Innoprom 2023 infografika zaglushka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.01.2023
Toshkentda Innoprom ko‘rgazmasi
Yangiliklar lentasi
0