Senat raisi Markaziy Osiyo davlatlarining parlamentlararo forumida ishtirok etmoqda - video

Obuna bo‘lish
Tanzila Narbayeva boshchiligidagi delegatsiya Qozog‘istonda bo‘lib turibdi.
TOShKENT, 10 fev — Sputnik. Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva Qozog‘istonda bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo davlatlarining birinchi parlamentlararo forumida ishtirok etmoqda. Bu haqda Senat axborot xizmati ma’lum qildi.
Forumning birinchi kuni Senat raisi Markaziy Osiyo davlatlari parlament delegatsiyalari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi.
Shundan so‘ng delegatsiya a’zolari Turkiston shahridagi tarixiy madaniy yodgorliklar bilan tanishdi, shu jumladan, Hazrat Xo‘ja Ahmad Yassaviy mavzoleyini ziyorat qilishdi.
Ma’lumot uchun, Markaziy Osiyo davlatlarining birinchi parlamentlararo forumi yig‘ilishi 10-fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Unda Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi har tomonlama strategik hamkorlikni mustahkamlash va bu jarayonda parlamentlarning rolini faollashtirish kabi masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.
© Senat Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan
Tanzila Narbayeva  - Sputnik O‘zbekiston
1/3
© Senat Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan
Tanzila Narbayeva  - Sputnik O‘zbekiston
2/3
© Senat Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan
Tanzila Narbayeva  - Sputnik O‘zbekiston
3/3
Yangiliklar lentasi
0