Rossiyadan O‘zbekistonga gaz yetkazib berish jadallashtiriladi

© Energetika vazirligi Sankt-Peterburg
Sankt-Peterburg - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.02.2023
Obuna bo‘lish
Sankt-Peterburgda O‘zbekiston va Qozog‘iston energetika vazirlari hamda “Gazprom” boshqaruv raisi ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 10 fev — Sputnik. Rossiyadan O‘zbekistonga gaz yetkazib berish jadallashtiriladi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Sankt-Peterburg shahrida O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov, “Gazprom” OAJ boshqaruv raisi Aleksey Miller hamda Qozog‘iston energetika vaziri Bolat Akchulakov ishtirokida uch tomonlama uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda O‘zbekistonga Rossiya tabiiy gazini Qozog‘iston hududi orqali yetkazib berish masalasi, xususan, uch tomonlama ishchi guruh tomonidan o‘tkazilgan dastlabki texnik ko‘rik natijalari, yetkazib berishning mavjud imkoniyatlari hamda yil yanvar oyida imzolangan “yo‘l xaritasi”ning ijrosi yuzasidan muhokamalar o‘tkazildi.
Mazkur uchrashuv yakuni bilan uch tomonlama o‘rganishlarning keyingi bosqichini jadallashtirish hamda natijasi bo‘yicha qisqa muddatlarda uch tomonlama uchrashuvni qayta tashkil etishga kelishib olindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Gazprom” rahbari va O‘zbekiston energetika vaziri gaz sanoati sohasida hamkorlik bo‘yicha yo‘l xaritasini imzolangan edi.
Enegetika vazirining so‘zlariga ko‘ra, gaz quvurga kirgandan keyin hamma iste’molchilarga — aholiga ham, barcha ishlab chiqaruvchi korxonalarga ham tarqatiladi.
Yangiliklar lentasi
0