Rossiya, O‘zbekiston va Qozog‘iston energiya bozoridagi o‘zgaruvchanlikdan xavotirda

© Sputnik / Ilya Naymushin / Mediabankka o‘tishLinii elektroperedachi
Linii elektroperedachi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.02.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya TIV: Rossiya, O‘zbekiston va Qozog‘iston energiya bozorlarining o‘zgaruvchanligidan xavotirda.
TOShKENT, 10 fev — Sputnik. Rossiya, O‘zbekiston va Qozog‘iston energiya bozorlaridagi o‘zgaruvchanlik va g‘arblik raqobatchilarning “taqiqlangan nayranglari”dan xavotirda. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi MDH mamlakatlari uchinchi departamenti direktori Aleksandr Sternik RIA Novostiga ma’lum qildi.

"Biz O‘zbekiston va Qozog‘istonlik hamkorlar bilan muloqotdamiz. Hammani energiya bozorlarining o‘zgaruvchanligi, raqobatchilarimiz tomonidan qo‘llanilayotgan taqiqlangan nayranglar, shuningdek, mintaqadagi haroratning anomal tebranishlari xavotirga solmoqda. Iqtisodiyot “farovonligi” va aholi farovonligiga daxldor bo‘lgan ushbu dolzarb masalalarning barchasi bo‘yicha zarur chora-tadbirlar muhokama qilinmoqda. Xabaringiz bor, “yo‘l xaritalari” imzolangan", - dedi u agentlikka bergan intervyusida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar o‘zaro manfaatli asosda o‘zlarining energetik xavfsizligini mustahkamlash, tashqi bozorlardagi pozitsiyalarini muvofiqlashtirish, jumladan, bir-biriga va uchinchi davlatlarga yetkazib berish niyatida.
Avvalroq Sankt-Peterburgda O‘zbekiston va Qozog‘iston energetika vazirlari hamda “Gazprom” boshqaruv raisi ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0