O‘zbekistondan Afg‘onistonga temir yo‘l qatnovi qayta tiklandi

© Sputnik / StringerSituatsiya v gorodke Xayratan
Situatsiya v gorodke Xayratan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.02.2023
Obuna bo‘lish
Termiz shahrida Afg‘oniston temir yo‘llari boshqarmasi rahbari Bayturraxmon Sharofat boshchiligidagi afg‘on delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
TOShKENT, 10 fev — Sputnik. Bugundan O‘zbekistondan Afg‘onistonga temir yo‘l qatnovi qayta tiklandi. Bu haqda "O‘zbekiston temir yo‘llari" xabar berdi.
Termiz shahrida Afg‘oniston temir yo‘llari boshqarmasi rahbari Bayturrahmon Sharofat boshchiligidagi afg‘on delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv natijasida Afg‘oniston temir yo‘l boshqarmasi va “Sogdiana trans” ShK o‘rtasida “Hayraton-Mozori Sharif” temir yo‘lini ekspluatatsiya qilishni kelgusida davom ettirish bo‘yicha, yangi shartnoma imzolashga kelishildi.
Shu bilan birga tomonlarning kelishuviga ko‘ra, Afg‘oniston tomoniga yo‘naltirilgan vagonlarni “O‘zbekiston temir yo‘llari”ning “Sogdiana trans” ShK tomonidan Xayraton stansiyasiga yetkazib berish qayta tiklandi.
Muzokaralar yakunida erishilgan kelishuvlar bo‘yicha bayonnoma imzolandi.
Eslatib o‘tamiz, 1-fevraldan O‘zbekistondan Afg‘onistonga temir yo‘l qatnovi vaqtincha to‘xtatilgan edi. Bunga Afg‘oniston temir yo‘l boshqarmasi ikki mamlakat o‘rtasidagi “harakatlar rejasi” bo‘yicha kelishilgan chora-tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshira olmagani sabab bo‘lgan.
Yangiliklar lentasi
0