Mebel mahsulotlarini eksport qiluvchi tadbirkorlarning ayrim xarajatlari qoplab beriladi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishProizvodstvo mebeli
Proizvodstvo mebeli  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.02.2023
Obuna bo‘lish
Prezident mebel mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilishni rag‘batlantirishga oid yangi qaror imzoladi.
TOShKENT, 10 fev — Sputnik. Tayyor mebel mahsulotlarini eksport qiluvchi tadbirkorlarning ayrim xarajatlari qoplab beriladi. Bu haqda prezident tomonidan imzolangan PQ–51-sonli qarorda nazarda tutilgan.
Qarorga ko‘ra, shu yilning 1-fevraldan 2024-yil 1-yanvarigacha tayyor mebel mahsulotlarini eksport qiluvchi tadbirkorlarga xorijdagi ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish xarajatlarining bir qismini qoplab berishda mazkur noturar joylar maydoniga qo‘yilgan meyor 100 kvadrat metrdan 250 kvadrat metrga oshiriladi.
Yillik tushumida tayyor mebel mahsulotlari eksportidan tushum ulushi kamida 30 foizni tashkil qiladigan mahalliy korxonalar ayrim xarajatlari qoplab beriladi.
Unga ko‘ra korxonaga injener-texnolog, lak va bo‘yoq sepish ustasi, dizayner kabi xorijiy mutaxassislar jalb qilinganda, ular ish haqining 25 foizi, biroq mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 9 barobaridan ko‘p bo‘lmagan qismi qoplab beriladi.
2023 yil 1-fevraldan 2024-yil 1-yanvargacha tegishli mebel ishlab chiqarishda foydalaniladigan xomashyo, ehtiyot qismlar, furnitura va aksessuarlar importida bojxona bojining nol stavkasi qo‘llaniladi.
Shuningdek, xomashyo, ehtiyot qismlar, furnitura va aksessuarlarni O‘zbekistonga olib kirishda bojxona bojining nol stavkasi qo‘llanilishi 2024-yil 1-yanvargacha uzaytirildi.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilda O‘zbekiston 25 ta xorijiy davlatlarga qiymati 10,5 million dollarga teng bo‘lgan mebel mahsulotlarini eksport qilgan. Mebel mahsulotlari eksporti 2021-yil bilan solishtirilganda 6,2 mln dollarga oshgan.
Yangiliklar lentasi
0