Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 10-fevralning asosiy xabarlari

© AP Photo / LIBKOSUkrainskie soldati na pozitsii nedaleko ot Artyomovska.
Ukrainskie soldati na pozitsii nedaleko ot Artyomovska. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.02.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya Qurolli kuchlari maxsus operatsiya maqsadlariga muvofiq Ukraina armiyasi, millatchi batalonlari, xorijiy yollanmalar guruhlari hamda harbiy texnikasini yo‘q qilishda davom etmoqda.
TOShKENT, 10 fev - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi tomonidan olib borilayotgan maxsus harbiy operatsiyaning asosiy voqealari.
Kupansk yo‘nalishida "G‘arbiy" qo‘shinlar guruhi hujumi natijasida Xarkov viloyatining Dvurechnoe aholi punkti to‘liq ozod qilindi. Kun davomida aviatsiya va artilleriya zarbalari natijasida LXRning Novoselovskoe, Xarkov viloyatining Granikovka va Berestovoe aholi punktlari hududlarida UQK askarlari va texnikasiga zarba berdi.
Dushmanning yo‘qotishlari 70 dan ortiq harbiy xizmatchilar, 2ta BMP, ikkita mashina, AQSh tomonidan ishlab chiqarilgan M777 artilleriya tizimi va D-30 gaubitsasini tashkil etdi.
Krasno-Limanskiy yo‘nalishida armiya aviatsiyasi va "Markaz" kuchlar guruhining artilleriyasi LXRning Chervonaya Dibrova, Chervonopopovka va Stelmaxovka aholi punktlari hududlarida dushmanga zarba berishdi. Natijada 100tagacha ukrainalik harbiy xizmatchi, 4ta zirhli jangovar mashina, D-20 gaubitsasi, "Grad" raketa tizimi va AQShda ishlab chiqarilgan AN/TPQ-50 artilleriyaga qarshi radarı yo‘q qilindi.
Xarkov viloyatining Borovaya qishlog‘i yaqinida Ukraina Qurolli kuchlarining o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
Donesk yo‘nalishida "Janubiy" qo‘shinlar guruhining hujum operatsiyalari, havo hujumlari davomida 125 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchi, ikkita tank, uchta zirhli jangovar mashina, beshta boshqa texnika, D-30 gaubitsasi va bir nechta "Grad" reaktiv tizimlar mashinasi yo‘q qilindi.
Shuningdek, DXRning Slavansk va Avdeyevka aholi punktlari hududlarida Ukraina Qurolli kuchlarining ikkita o‘q-dori va raketa va artilleriya qurollari ombori yo‘q qilindi.
Janubiy-Donesk yo‘nalishida "Vostok" kuchlar guruhi DXRning Prechistovka va Ugledar aholi punktlari hududlarida UQK askarlari va texnikasiga kuchli zarbalar berdi. Dushman yo‘qotishlari 60 dan ortiq harbiy xizmatchi, bitta tank, ikkita BMP, to‘rtta pikap, AQShda ishlab chiqarilgan uchta M777 artilleriya tizimi, "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya moslamasi va D-20 gaubitsasini tashkil qildi.
Bundan tashqari, Ugledar aholi punkti hududida Ukraina Qurolli kuchlarining ikkita o‘q-dori ombori yo‘q qilindi.
Xerson yo‘nalishida UQKning askaralari va texnikasiga zarba berilishi natijasida 60 nafargacha harbiy xizmatchi, bitta Msta-B gaubitsasi va ikkita D-30 gaubitsasi yo‘q qilindi. Shuningdek, Dnepropetrovsk viloyati Vishetarasovka qishlog‘i yaqinida o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
Rossiya aviatsiya, raketa kuchlari va artilleriyasi bir sutkada dushmaning 122 ta hududda joylashgan 89 ta artilleriya bo‘linmasiga zarba berdi.
DXRning Artemovsk qishlog‘i yaqinida UQKning 93-mexanizatsiyalashgan brigadasi qo‘mondonlik punkti zarbaga uchradi. Bundan tashqari, Zaporoje viloyatining Drujelyubovka aholi punkti hududida Ukraina Qurolli kuchlarining raketa va artilleriya qurollari ombori vayron qilindi.
Rossiya Aerokosmik kuchlarining qiruvchi samolyotlari Zaporoje viloyati Ternivka qishlog‘i yaqinida Ukraina harbiy-havo kuchlarining Mi-8 vertolotini urib tushirdi.
Havo hujumidan mudofaa tizimlari kun davomida Xarkov viloyatining Dobrolyubovka, LXRning Jovtneve, Chervonaya Dibrova, Golikovo aholi punktlari hamda DXRning Krasnogorovka va Zaporoje viloyatidagi Novoprokofevka aholi punktlari hududida Ukrainaning 12 ta uchuvchisiz uchish apparatlarini yo‘q qildi va 14 HIMARS raketalarini tutib oldi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukraina hammasi bo‘lib 384ta samolyot, 207ta vertolot, 3069ta uchuvchisiz uchish apparati, 403ta zenit-raketa tizimi, 7812ta tank va boshqa zirhli jangovar mashinalar, 1014 ta ko‘p martalik jangovar texnika raketa tizimlari, 4046 dala artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 8313 dona maxsus harbiy mashinalarni yo‘qotdi.
Yangiliklar lentasi
0